Yangiliklar

11 Oktyabr 2019
Ushbu orqali sizga shuni ma`lum qilamizki,"Navoiy xalqaro aeroporti" Davlat Korxonasi 27.09.2019 yildan boshlab "Navoiy xalqaro aeroporti" mas`uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) etib qayta tashkil etildi.Barcha tashkilot va aviakompaniyalarni biz bilan hamkorlikka chaqirib qolamiz.
1 Iyul 2019
Azarbayjonning “SILK WAY WEST AIRLINES” aviakompaniyasi 2019-yil 31-may kuni “Navoiy” xalqaro aeroportiga o`zining birinchi yuk reysini amalga oshirdi. “Navoiy” xalqaro aeroportining havo kemalariga xizmat ko`rsatishda 10 yillik tajribaga ega ishchi xodimlari mazkur havo kemasiga xizmat ko`rsatish jarayonini yuksak darajada o`z vaqtida amalga oshirishdi. Shuningdek mazkur aviakompaniya 2019-yil oxirigacha o`zining bir nechta charter reyslarini amalga oshirishni rejalashtiryapti.
7 Avgust 2018
31 iyul kuni "Navoiy" xalqaro aeroportida Korean Air aviakompaniyasi “Navoiy” xalqaro aeroportining boshqaruvini "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAKga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK rahbariyati, Korean Airning O‘zbekistondagi vakillari hamda "Navoiy" xalqaro aeroporti rahbar va hodimlari ishtirok etdilar. Tadbirni PANTX katta shturmani A.A.Hakimov olib bordi. Korean Air "Navoiy" xalqaro aeroportida qarib 10 yil davomida rahbarlik faoliyatini amalga oshirdi. Bu muddatda dunyoning Incheon, Brussel, Vena, Milan, Bangkok, Dehli, Mumbay, Dakka, Frankfurt, Istanbul, Tianjin, Bishkek kabi ko‘plab shaharlariga yuk aviaqatnovlarini amalga oshirdi. "Navoiy" xalqaro intermodal logistika markazida Koreyalik hamkorlar bilan birgalikda yiliga yuz ming tonna yukni saqlashga mo‘ljallangan yuk terminali, Boeing 747, Boeing 777 kabi yuk samolyotlarini qabul qilish imkoniga ega perron va yana bir qator infratuzilma obektlari qurib foydalanishga topshirildi. Tadbir davomida "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK direktorining birinchi o‘rinbosari v.b. U.A.Xusanov so‘zga chiqib yig‘ilganlarni Milliy Aviakompaiya nomidan samimiy qutladi hamda "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK bosh direktorining minnatdorchilik xatini Korean Air vitsa prezidanti, yuk tashuvlarini tashkil qilish boshqarmasi boshlig‘i janob Nohga topshirdi. Janob Noh ham Korean Air 10 yil davom etgan "Navoiy" xalqaro aeroportining muvoffaqiyatli boshqaruvidan so‘ng o‘zaro kelishuv asosida boshqaruvni "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAKga topshirishdan mamnun ekanini takidlab Milliy Aviakompaiya rahbariyatiga o‘zining minnatdorchiligini bildirdi. U shuningdek, Aviakompaniyamiz boshqaruvni topshirsada Korean Airning Navoiyga bo‘lgan muhabbati va sodiqligi o‘z o‘rnida qoladi deb takidladi. Tadbirda shuningdek aeroport direktor Kim Eui Ho, aeroport direktorning birinchi o‘rinbosari v.b. T.I.Babayev, xizmat va bo‘lim boshliqlari hamda hodimlar so‘zga chiqib o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirdilar. Eslatib o‘tamiz Korean Air boshqaruvni topshirgan bo‘lsada aviakompaniyaning yuk somolyotlari Navoiy orqali parvoz qilishda davom etadi.
9 Fevral 2018
"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi mahalliy yo‘nalishlardagi qatnovlarga tabaqalangan tariflarni kiritdi...
12 May 2017
Hurmatli yo'lovchilar!...
1 Mart 2016
2016 yilning 29 fevralida Oliy Majlis senatorlari va deputatlari «Navoiy» xalqaro aeroportining yuk terminaliga tashrif buyurishdi...
17 Fevral 2016
Avtomatlashtirilgan ish stansiyalari uchun ehtiyot qismlar - Device Net interfeysli, masofadan diskret chiqishlar bloklari sotib olish uchun tanlovda ishtirok etish uchun taklifnoma...
11 Yanvar 2016
2016 yilning 5 yanvarida MAK “O’zbekiston Xavo Yo’llari” onlayn tarzda O’zbekistonning maxalliy reyslari uchun avia chiptaga buyurtma berish va sotib olish xizmatini yo’lga quydi...
16 Noyabr 2015
2015 yilning 13 noyabrida EXIM banki va Koreyaning KOTI transport institutidan kelgan koreyalik olimlar “Navoiy” xalqaro aeroportining yuk terminaliga tashrif buyurishdi...
22 Oktyabr 2015
2015 yilning 21 Oktyabrida Koreyaning INHA universitetidan professor va studentlardan tashkil topgan logistika deligatsiyasi Navoiy Xalqaro Aeroportiga tashrif buyurdi...
6 Avgust 2015
2015 yilning 5 avgustida Mr. Kim Eui Ho ning Navoiy Xalqaro Aeroportining yangi direktori lavozimiga o’tish ma’rosimi bo’lib o’tdi...
29 Iyul 2015
Koreya milliy diplomatik akademiyasi direktori Shin Jung-seung boshchiligidagi Koreya Deligatsiyasi Navoiy Xalqaro Aeroportiga tashrif buyurdi...
4 Iyul 2015
2015 yilning 2 Iyunida Latviya Deligatsiyasi Navoiy Xalqaro Aeroportiga tashrif buyurdi...
19 Mart 2015
02.03.2015 yilda “O’zbekiston Havo Yo’llari” yuk tashishni rejalashtirish va boshqarish buyicha ISO 9001: 2008 xalqaro standartlariga...
16 Mart 2015
“Navoiy” Xalqaro Aeroportining yo’lovchi tashish terminalidagi aviakassaning ish vaqti xar kun soat 08.00 dan 13.00 gacha...
3 Mart 2015
2015 yilning 3 Mart kuni “O’zbekiston Havo Yo’llari”ning Boeing 767F havo kemasi “Navoiy” Xalqaro Aeroportida o’z faoliyatini boshladi...
18 Fevral 2015
Navoiy shahrining "Vosxod" bozori yonida "O'zbekiston Havo Yo'llari"ning yangi aviakassasi 18.02.2015 dan boshlab o'z faoliyatini boshladi...
21 Yanvar 2015
Bojxona ombori Navoiy xalqaro aeroportining yuk terminalida ochildi...
19 Avgust 2014
Eng katta yuk tashuvchi havo kemalaridan biri, Boeing 747-8F Korean air, Navoiy xalqaro aeroportiga qo'ndi
24 Aprel 2014
2014-yil, 1chi chorak natijalariga ko’ra, 45 ta davlat aeroportlari ichida, Navoiy xalqaro aeroporti, tezkor va yuqori sigatli yuk operatsiyalari va texnik xizmatlar ko’rsatish borasida 1- o’rinni egalladi.
24 Aprel 2014
2014-yil, 20-aprelda, Yaponiya OAV vakillari Navoi xalqaro aeroportiga tashrif buyurishdi
7 Mart 2014
Toshkent-Navoi va Navoi-Toshknet yo'nalishi bilan harakatlanayotgan reys chipta narxi arzonlashdi
7 Mart 2014
2014-yil, 6-martda, Janubiy Koreyalik delegatsiya guruhi Navoi xalqaro aeroportiga yashrif buyurishdi
26 Dekabr 2013
2013 yil, 14 oktyabrdagi Navoi viloyati Hokimi E.O. Turdimovning № Ф-70 sonli qarori (Navoi viloyati doirasi miqyosida "yilning eng yaxshi sayti-2013" konkursini tashkillashtirish haqida) e'lon qilindi. E'lon natijalariga binoan, "Eng yaxshi korxona veb sayti" nominatsiyasi bo'yicha, Navoi xalqaro aeroporti 1-o'rinni egallab, g'oliblikni qo'lga kiritdi.
30 Oktyabr 2012
"O'zbekiston Havo Yo'llari" aviakompaniyasi Sankt-Peterburgga yo'lovchi qatnovlarini qaytadan ishga tushurdi. Yo'lovchilar Terminalining rekonstruksiya qilinishi sababli, ushbu qatnov ma'lum muddatga bekor qilingan edi...
30 Oktyabr 2012
"Moskoviya" Aviakompaniyasi Navoiy Xalqaro Aeroportiga haftalik yo'lovchi qatnovlarini boshladi. Bunga qadar, ushbu qatnov - ikki haftada bir marta, shanba kunlari jadvali asosida amalga oshirilar edi...
4 Oktyabr 2012
"O'zbekiston Havo Yo'llari" aviakompaniyasi Sankt-Peterburgga yo'lovchi qatnovlarini qaytadan ishga tushurishni rejalashtirmoqda. Yo'lovchilar Terminalining rekonstruksiya qilinishi sababli, ushbu qatnov ma'lum muddatga bekor qilingan edi...
31 Avgust 2012
2012-yil Sentabr oyidan boshlab "Rossiya" aviakompaniyasi Sankt-Peterburgdan Navoiy va Nukusga yangi yo'lovchi parvozlarini boshlaydi...
23 Avgust 2012
2012-yil 23-Avgust, Yaponiya tadbirkorlar delegatsiyasi "Navoiy" Xalqaro Aeroportiga tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida "Kunchiqar mamlakat" vakillariga "Navoiy" aeroporti to'g'risidagi to'liq prezentatsion taqdimot namoyish etildi.Yapon tadbirkorlari aeroport inshootlariga ijobiy baho berishdi...
17 Avgust 2011
Navoiy xalqaro aeroportida yo’lovchilarga yuqorida sifatli xizmatlar ko’rsatish va jahon standartlariga javob beradigan yo’lovchi xizmatlarini tashkil qilish maqsadida yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish infratuzilmasini rivojlantirish ishlari boshlab yuborildi. 2011 yil aprel oyidan 2012 apreligacha rejalashtirilgan ushbu loyiha keng ko’lamli ishlarni o’z ichiga oladi.......
9 Noyabr 2010
2010-yil 2-noyabr kuni “Navoiy” aeroporti Sankt-Peterburgga yangi yo‘lovchi parvozlar xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Rossiyaning g‘arbiy shaharlariga parvoz “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK ning biznes-klassida 22 va ekonom-klassida 168 yo‘lovchi o‘rniga ega bo‘lgan, parvoz vaqtida yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi Boeing 757-200 samolyotyi tomonidan boshqariladi...
1 Sentyabr 2010
Xush kelibsiz! “Navoiy” xalqaro aeroporti o‘zining rasmiy saytini yaratdi www.navoi-airport.com, 2010-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra. Endi bizning aeroport haqidagi barcha zarur ma’lumotlarni Siz sichqonchaning bitta tugmasini bosish orqali qo‘lga kiritishingiz mumkin. Sizga qulaylik va oson bo‘lishi uchun, saytimiz bir biriga bog’liq bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlardan iborat kichik bo’limchalardan iboratdir...
15 Avgust 2010
“Navoiy” xalqaro aeroportidagi yuk tizimlari doimiy ravishda zamonaviy yangi yuk Spot tizimini kiritish orqali yangilana boradi. Tizim elektron yuklarni qayta ishlash aniqligini va tezligini yetarlicha oshira boradi. Bu esa aeroportning o‘z mijozlari uchun o‘z xizmatlarini mustahkamlashdagi katta qo‘ygan qadami bo‘ladi...
12 Avgust 2010
2010-yil 12-avgustida “Navoiy” xalqaro aeroportida “Navoiy” yuk terminalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Terminalning ishga tushirilishi “Navoiy” xalqaro aeroportida multimodal logistika markazining yaratilishi” investitsiya loyihasining asosiy bosqichlaridan hisoblanadi, bu esa Korean Air kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Korean Air rahbariyati va O‘zbekiston Respublikasi vakillari “Navoiy” xalqaro aeroportida “Navoiy” yuk terminalining ochilishini nishonlash uchun yig‘ilishgan edilar...
12 Avgust 2010
O‘zbekistonnig asosiy yuk jo‘natuvchilari hamda ekspeditorlari (19ta kompaniya/24 kishi) 2010-yil 12-avgustda Navoiyga tashrif buyurdilar. “Navoiy” xalqaro aeroportiga tashrif aynan yuk terminalining ochilish vaqtiga to‘g‘ri kelganligi bejiz emas. Lekin bu vaqt oldindan belgilangan ediki, barcha qiziqish bildirgan tomonlar bizning aeroport xizmatlari va logistikaning mahalliy tarmoqlarining rivojlanish yo‘llari to‘g‘risida foydali muzokaralar o’tkazishga erishishlari uchun...
7 Iyun 2010
Koreya logistika tashviqotlar assosiasiyasi delegatsiyasi 2010-yilning 7-iyul kuni (30 kishi) Navoiyga tashrif buyurdi. Koreya delegasiyasi va “Navoiy” xalqaro aeroporti boshqarmasi Navoiyni multimodal logistika yuk markaziga aylantirish to‘g‘risidagi loyihani muhokama qilishdi. Navoiy loyihasining to‘liq taqdimoti va aeroportning ayni paytdagi ish jarayoni...
24 Iyul 2010
“Navoiy” xalqaro aeroporti o‘zininmg tanlab olingan xodimlarini bir haftaga Korean Air akademiyasi hamda “Inchon” aeroportiga boshqaruv kadrlarini tayyorlash o‘quv dasturi bo’yicha jo‘natdi. Qatnashuvchilar Koreyalik mutaxassislaridan birlamchi bilimlarni: aviasiya xavfsizligi, xizmat ko‘rsatish hamda qayta ishlash yo‘lovchi va yuk jarayonlari, mijozlarning talablarini qondirish va boshqalar sohalar bo‘yicha bilimlarni egalladilar...
21 Iyul 2010
“Navoiy” xalqaro aeroporti yana yoqilg‘i to‘ldiradigan WGJY-45P modelli Weihai Guangtai Airport Equipments Co.Ltd. da ishlab chiqargan yangi ikkita qurilmalarga ega bo‘ldi. Bu zamonaviy yuk tashuvchilar samolyotning barcha turiga yoqilg‘i quyishi mumkin. Songgi ikki yil ichida aeroport o‘zining transport parkini ko’plab yer usti transport qurilmalarining yangi turlari bilan zamonaviylashtirdi...
Navoiy Sh, 23 Noyabr

Yangiliklar

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz