Navoiy Xalqaro Aeroportida rekonstruksiya ishlari

Avgust 17 2011
Navoiy xalqaro aeroportida yo’lovchilarga yuqorida sifatli xizmatlar ko’rsatish va jahon standartlariga javob beradigan yo’lovchi xizmatlarini tashkil qilish maqsadida yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish infratuzilmasini rivojlantirish ishlari boshlab yuborildi.
2011 yil aprel oyidan 2012 apreligacha rejalashtirilgan ushbu loyiha keng ko’lamli ishlarni o’z ichiga oladi. Yo’lovchi termilalini jahon andozalari darajasiga chiqarish bo’yicha boshlab yuborilgan rekonstruksiya ishlari jadal davom ettirilmoqda.
Zamonaviy yo’lovchi terminali kelasi yildan boshlab ishga tushib zamonaviy ko’rinish va xizmatlarga ega bo’lib har qanday xalqaro qatnovlarni qabul qilish, xizmat ko’rsatish va jo’natish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Rekonstruksiya loyihasi munosabati bilan aeroportimizda xalqaro (MDH) yo’nalishdagi qatnovlar vaqtincha to’xtatilib turiladi. Bu davrdagi qatnovlar Buxoro xalqaro aeroportidan amalga oshiriladi. Ushbu vaqtinchalik noqulayliklar uchun Navoiy xalqaro aeroporti ma’muriyati yo’lovchilarga o’z uzrini bildiradi.
Navoiy Pa, 2 Aprel

Yangiliklar

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz