“Navoiy” xalqaro aeroportida yuk terminalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Avgust 12 2010
2010-yil 12-avgustida «Navoiy» xalqaro aeroportida «Navoiy» yuk terminalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Terminalning ishga tushirilishi «Navoiy» xalqaro aeroportida multimodal logistika markazining yaratilishi» investitsiya loyihasining asosiy bosqichlaridan hisoblanadi, bu esa Korean Air kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Korean Air rahbariyati va O‘zbekiston Respublikasi vakillari «Navoiy» xalqaro aeroportida «Navoiy» yuk terminalining ochilishini nishonlash uchun yig‘ilishgan edilar.
Yuk terminlali bir sutkada 300 tonnagacha yukni qayta ishlash qobiliyatiga ega. U og‘irligi 5 tonnadan 20 tonnagacha bo‘lgan yukni qadoqlay oladigan  6 ta ishchi stansiyaga, muzlatgichli va sovutgichli  saqlash xonasiga  va xavfli yuklar, hayvonlar, qimmatli buyumlar va  shu kabilarni saqlash xonalariga ega. Shunday qilib, endi «Navoiy» xalqaro aeroporti hududiy logistika markazi yaratilishida  strategik jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘la oladigan yuk terminaliga ega.

Navoiy Pa, 2 Aprel

Yangiliklar

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz