Korea logistika tashviqotlar assotsiatsiyasi (Korea Logistic Research Assosiation) delegatsiyasi Navoiyga tashrif buyurdi.

Iyun 7 2010
Koreya logistika tashviqotlar assosiasiyasi delegatsiyasi 2010-yilning 7-iyul kuni (30 kishi) Navoiyga tashrif buyurdi. Koreya delegasiyasi va «Navoiy» xalqaro aeroporti boshqarmasi Navoiyni multimodal logistika yuk markaziga aylantirish to‘g‘risidagi loyihani muhokama qilishdi. Navoiy loyihasining to‘liq taqdimoti va aeroportning ayni paytdagi ish jarayoni  haqidagi ma’lumotlar Silk Road Palace mehmonxonasi konferensiyalar zalida  taqdim etildi. Taqdimot do‘stona shaklda o‘tib, unda taraflar manfaatlarini belgilovchi fikrlar hamda tajriba almashdilar. Iqtisodiyot va aholi ehtiyoji uchun temiryo‘l, avtomobil, havo transportini  kelgusida kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Suningdek, Koreya delegatsiyasi a’zolari yuk terminalining qurilish maydoni va EIIZga tashrif buyurishdi.
Navoiy Pa, 2 Aprel

Yangiliklar

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz