Yangiliklar

7 Avgust 2018
31 iyul kuni "Navoiy" xalqaro aeroportida Korean Air aviakompaniyasi “Navoiy” xalqaro aeroportining boshqaruvini "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAKga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK rahbariyati, Korean Airning O‘zbekistondagi vakillari hamda "Navoiy" xalqaro aeroporti rahbar va hodimlari ishtirok etdilar. Tadbirni PANTX katta shturmani A.A.Hakimov olib bordi. Korean Air "Navoiy" xalqaro aeroportida qarib 10 yil davomida rahbarlik faoliyatini amalga oshirdi. Bu muddatda dunyoning Incheon, Brussel, Vena, Milan, Bangkok, Dehli, Mumbay, Dakka, Frankfurt, Istanbul, Tianjin, Bishkek kabi ko‘plab shaharlariga yuk aviaqatnovlarini amalga oshirdi. "Navoiy" xalqaro intermodal logistika markazida Koreyalik hamkorlar bilan birgalikda yiliga yuz ming tonna yukni saqlashga mo‘ljallangan yuk terminali, Boeing 747, Boeing 777 kabi yuk samolyotlarini qabul qilish imkoniga ega perron va yana bir qator infratuzilma obektlari qurib foydalanishga topshirildi. Tadbir davomida "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK direktorining birinchi o‘rinbosari v.b. U.A.Xusanov so‘zga chiqib yig‘ilganlarni Milliy Aviakompaiya nomidan samimiy qutladi hamda "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK bosh direktorining minnatdorchilik xatini Korean Air vitsa prezidanti, yuk tashuvlarini tashkil qilish boshqarmasi boshlig‘i janob Nohga topshirdi. Janob Noh ham Korean Air 10 yil davom etgan "Navoiy" xalqaro aeroportining muvoffaqiyatli boshqaruvidan so‘ng o‘zaro kelishuv asosida boshqaruvni "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAKga topshirishdan mamnun ekanini takidlab Milliy Aviakompaiya rahbariyatiga o‘zining minnatdorchiligini bildirdi. U shuningdek, Aviakompaniyamiz boshqaruvni topshirsada Korean Airning Navoiyga bo‘lgan muhabbati va sodiqligi o‘z o‘rnida qoladi deb takidladi. Tadbirda shuningdek aeroport direktor Kim Eui Ho, aeroport direktorning birinchi o‘rinbosari v.b. T.I.Babayev, xizmat va bo‘lim boshliqlari hamda hodimlar so‘zga chiqib o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirdilar. Eslatib o‘tamiz Korean Air boshqaruvni topshirgan bo‘lsada aviakompaniyaning yuk somolyotlari Navoiy orqali parvoz qilishda davom etadi.
9 Fevral 2018
"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi mahalliy yo‘nalishlardagi qatnovlarga tabaqalangan tariflarni kiritdi...
12 May 2017
Hurmatli yo'lovchilar!...
1 Mart 2016
2016 yilning 29 fevralida Oliy Majlis senatorlari va deputatlari «Navoiy» xalqaro aeroportining yuk terminaliga tashrif buyurishdi...
17 Fevral 2016
Avtomatlashtirilgan ish stansiyalari uchun ehtiyot qismlar - Device Net interfeysli, masofadan diskret chiqishlar bloklari sotib olish uchun tanlovda ishtirok etish uchun taklifnoma...
11 Yanvar 2016
2016 yilning 5 yanvarida MAK “O’zbekiston Xavo Yo’llari” onlayn tarzda O’zbekistonning maxalliy reyslari uchun avia chiptaga buyurtma berish va sotib olish xizmatini yo’lga quydi...
16 Noyabr 2015
2015 yilning 13 noyabrida EXIM banki va Koreyaning KOTI transport institutidan kelgan koreyalik olimlar “Navoiy” xalqaro aeroportining yuk terminaliga tashrif buyurishdi...
22 Oktyabr 2015
2015 yilning 21 Oktyabrida Koreyaning INHA universitetidan professor va studentlardan tashkil topgan logistika deligatsiyasi Navoiy Xalqaro Aeroportiga tashrif buyurdi...
6 Avgust 2015
2015 yilning 5 avgustida Mr. Kim Eui Ho ning Navoiy Xalqaro Aeroportining yangi direktori lavozimiga o’tish ma’rosimi bo’lib o’tdi...
29 Iyul 2015
Koreya milliy diplomatik akademiyasi direktori Shin Jung-seung boshchiligidagi Koreya Deligatsiyasi Navoiy Xalqaro Aeroportiga tashrif buyurdi...
<< oldingisiga keyingisiga >>
Navoiy Pa, 20 Sentyabr

Yangiliklar

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz