"O‘zbekiston havo yo‘llari" mahalliy yo‘nalishlarda tariflarni pasaytiradi

Fevral 9 2018
09 fevral 2018yil
"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi mahalliy yo‘nalishlardagi qatnovlarga tabaqalangan tariflarni kiritdi. Kiritilgan yangiliklar yo‘lovchilarga ularning talablariga mos keluvchi aviachiptalarni tanlashga imkon beradi.

Respublika ichidagi barcha yo‘nalishda tariflarning minimal darajasi pasaytirildi. Bundan tashqari, barcha mahalliy yo‘nalishlarda guruhlar uchun tariflar kiritildi. O‘rnatilgan tariflar bo‘yicha sotiladigan joylar soni cheklangan. Yodda tuting, aviachipta qancha ertachi sotib olinsa, u shunchalik arzon tushadi.

Aviachiptalarni aviakassalarda yoki aviakompaniyaning rasmiy saytida onlayn tarzda sotib olinganidan qat‘i nazar barcha tariflar birdek amal qiladi.

Ma'lumotlar olish uchun telefon: 140 02 00.

Navoiy Ju, 21 Sentyabr

Yangiliklar

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz