O’zbekiston Respublikasi vizasi

O’zbekiston Respublikasi vizasi

visaO’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar faqat viza asosida O’zbekiston hududiga kirishlari va uning hududi orqali tranzit o’tishlari mumkin.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga vizalar O’zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida viza talabnomasi (O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tasdig’i) asosida beriladi.

Viza talabnomasi O’zbekiston hududida doimiy yoki vaqtincha joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarning O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yozma iltimosnomasi asosida rasmiylashtiriladi.

Yuridik va jismoniy shaxslarning o’rnatilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim qilingan yozma iltimosnomalari 10 ish kuni davomida ko’rib chiqiladi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar viza olish uchun O’zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

· pasport yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs hujjati (ushbu hujjatlarning amal qilish muddati viza muddatidan kamida 3 oydan ko’p bo’lishi lozim);

· 2 nusxada to’liq to’ldirilgan; http://evisa.mfa.uz);

· 2 ta rangli fotosur’at (pasport o’lchamida).

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tranzit viza olishlari uchun yuqorida ko’rsatilgan hujjatlardan tashqari ketayotgan davlatning vizasi va O’zbekistondan chiqib ketish sanasi tasdiqlangan yo’l hujjatlariga ega bo’lishlari lozim. Ushbu holda viza talabnomasini ko’rib chiqish muddati 3 kunni tashkil etadi.

O’zbekiston Respublikasining diplomatik muassasasi yoki konsullik vakolatxonasi bo’lmagan davlat fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar vizani O’zbekistonga kelib, Tashqi ishlar vazirligining «Toshkent» xalqaro aeroportidagi viza bilan ta’minlash sektoridan olishlari mumkin. Buning uchun O’zbekiston hududidagi taklif qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs o’rnatilgan tartibda oldindan O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishi, Konsullik boshqarmasining Viza bilan ta’minlash bo’limidan tegishli tasdiq (shtamp) olishi va uni taklif qilinuvchi shaxsga yuborishi lozim. Mazkur tasdiq taklif qilinuvchi shaxs tomonidan aviachipta xarid qilish va o’z davlatidagi pasport tekshiruvidan o’tish paytida taqdim etiladi va ushbu hujjat asosida Tashqi ishlar vazirligining «Toshkent» xalqaro aeroportidagi viza bilan ta’minlash sektorida unga viza rasmiylashtiriladi.

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vizalarni rasmiylashtirish va berish uchun quyidagi konsullik yig’imlari o’rnatilgan:

a) Bir martalik vizalar uchun:

· 7 kungacha - 40 AQSh dollari;

·  15 kungacha - 50 AQSh dollari;;

· 30 kungacha - 60 AQSh dollari;

· 3 oygacha - 80 AQSh dollari;

· 6 oygacha- 120 AQSh dollari;

·1 yilgacha - 160 AQSh dollari.

Izoh: har bir qo’shimcha kirishlar soni uchun tariflar stavkasi 10 AQSh dollariga oshiriladi.

b) Ko’p martalik vizalar uchun:

· 6 oygacha- 150 AQSh dollari;

· 1 yilgacha - 250 AQSh dollari.

c) Tranzit vizalar uchun:

· 24 soatgacha - 20 AQSh dollari;

· 48 soatgacha - 25 AQSh dollari;

· 72 soatgacha - 30 AQSh dollari;

· ikki martalik tranzit viza uchun - 40 AQSh dollari.

d) Guruh vizalari uchun (guruhda 16 yoshgacha bo’lgan bolalardan tashqari kamida 10 kishi bo’lishi lozim):

· 15 kungacha - 15 AQSh dollari (har bir kishi uchun);

· 30 kungacha - 25 AQSh dollari (har bir kishi uchun).

Bundan tashqari viza berish paytida viza rasmiylashtirish bilan bog’liq bo’lgan haqiqiy harajatlarni qoplash uchun yig’imlar undiriladi. Bunday yig’imlarning miqdori viza rasmiylashtirilayotgan joyga bog’liqdir (murojaat qilayotgan shaxsning fuqaroligidan qat’iy nazar).

Izoh: O’zbekiston Respubliksai bilan tegishli ikki tomonlama shartnoma va kelishuvlar tuzgan davlat fuqarolariga nisbatan O’zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirishning boshqacha tartibi joriy qilingan bo’lishi mumkin.

Ba'zi bir davlatlar bilan viza tartibi

welcome1. Qirg’ziston (60 kungacha), Armaniston, Belarus, Gruziya, Moldova, Ozarbayjon, Qozog’iston, Rossiya va Ukraina bilan ikki tomonlama vizasiz rejim o’rnatilgan.

2. Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Malayziya, Yaponiya va Shveysariya fuqarolari uchun viza rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi qo’llaniladi.Ushbu davlatlar turistlariga 1 oygacha bo’lgan muddatga va ishbilarmonlariga 1 yilgacha (Malaziya ishbilarmonlariga - 6 oygacha) bo’lgan muddatga ko’p martalik viza beriladi. Bunda ulardan turistik vaucher yoki O’zbekistondagi takllif qiluvchi yuridik va jismoniy shaxsning taklifnoma bilan O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishi talab etilmaydi. Viza 2 ish kuni ichida rasmiylashtiriladi (hujjatlar qabul qilingan kundan tashqari).

3. Korea Respublikasi (60 kungacha), Braziliya, Ruminiya, Slovakiya, Turkiya va Vengriyaning diplomatik pasportga ega bo’lgan fuqarolari uchun 90 kungacha bo’lgan muddatga vizasiz rejim o’rnatigan. Diplomatik pasportga ega bo’lgan va ushbu davlatlarning diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasalarining xodimi sifatida akkreditatsiyadan o’tgan fuqarolari hamda ularning oyla a’zolari vizasiz kirishlari va butun ish faoliyati davomida bo’lishlari mumkin. Bundan tashqari Ruminiya va Slovakiyaning xizmat pasportiga ega bo’lgan fuqarolari uchun ham 90 kungacha bo’lgan muddatga vizasiz rejim o’rnatilgan..

4. O’zbekiston va Yaponiya o’zaro kelishuv asosida vizalarni konsullik yig’imlari undirmasdan beradilar.

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
100029, Toshkent, O`zbekiston ko`ch., 9
Telefon: +(998 71) 233-64-75
Faks: +(998 71) 239-15-17
Konsullik boshqarmasi: (+998 71) 233-45-01
Kanselyariya: (+998 71) 239-14-27

Web-sayt: www.mfa.uz

 

Navoiy Pa, 19 Oktyabr

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz