Turistlarga maslahatlar

  
Tavsiya qilinadigan kiyim (dress-kod)
 
 
UZ
O'zbekiston Respublikasi Sharq va G'arb madaniyati o'zaro to'qnashgan dunyoviy mamlakat bo'lib hisoblanadi. Kiyinish madaniyati haqida gap ketganda, asosiy e'tibor Siz sayohat qilayotgan joy ob-havosi va yil fasllariga qaratiladi. Diniy joylar, masjid va maqbaralarni ziyorat qilganda, dekolte kiyimlarida, hamda tizzadan yuqori bo'lmagan kiyimda yurish talab qilinadi. Shahar tevarak-atrofi va arxitektura yodgorliklarini tomosha qilishda durbin-binokldan foydalanganingiz ma'qul. Bahor fasli davrida uzun yengli palto va sviterni o'zingiz bilan olib olganingiz afzal. Bahor-boshqa fasllarga qaraganda, O'zbekistondagi yog'ingarchilik eng ko'p bo'ladigan fasldir. Shu sababli ham, o'zingiz bilan soyabon olib yurishingiz lozim. Yoz fasli davomida shlyapa, ko'zoynak, yengilroq oyoq kiyimi va och rangli kiyim kiyib yurish tavsiya qilinadi. Yozning jazirama issig'ida salqin haroratni saqlash uchun ventilyator yaxshi vosita hisoblanadi. Hasharotlar Sizning sayohatingizga halal bermasliklari uchun, o'zingiz bilan ularga qarshi vositalarini olib olganingiz ma'qulroq. Kuz faslida xuddi bahordagidek kiyinish mumkin. Qish faslida, issiq palto, qulay bo'lgan sviter, sharf, qishki qo'lqop va issiq shapka kiyimlarida yurish tavsiya qilinadi.

Ob-havo

 
bahor
Bahor (mart-may)
 
Вahor faslida ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, iliq kunlar sovuq kunlar ketidan kelishi mumkin. Erta tongda havo harorati +3°С va kechqurun odatda +9°C darajani tashkil etadi.
 
yoz
Yoz (iyun-avgust)

Jazirama yoz fasli qurg'oqchilik nomi bilan esda qoladi. Havo namlik darajasi past. Kun davomidagi havo harorati odatda +33°C daraja. Biroq, ayrim paytlarda +45°С darajadan yuqori bo'lishi ham mumkin.
kuz
Kuz (sentabr-noyabr)

 Kuz - hosilni yig'ib olish fasli va bunda bozorlarimiz endigina uzilgan mevalarga to'ladi.
Erta tongda havo harorati +10°С va kechqurun odatda +7°C daraja.
chimgan
Qish (dekabr-fevral)
  

O'zbekistonda qish fasllari sovuq kechadi. Eng sovuq oylardan biri - yanvar oyidir. Janubiy mintaqalarda havo harorati -15°С,-20°С darajagacha, mamlakat shimoli-g'arbida -25°С,-28°С darajagacha tushib ketadi. Yanvar oyidagi o'rtacha eng past harorat -5°C daraja. Biroq, qish faslida ham mamlakatimizda yetarlicha iliq kunlar bo'lib turadi.

 
Ichimlik suvlari


Water in UZB
O'zbekistonda krandan oqayotgan sovuq suv ichish uchun xavfsizdir. Xalqimiz odatda suvni qaynatib, qora va ko'k choy damlaydilar. Ayniqsa, Toshkent voloyatida, qora choy mashhur bo'lib hisoblanadi, ko'k choy esa qolgan viloyatlarimizda tez-tez damlanib turiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida suvdagi tuz miqdori ancha yuqori. O'zbekiston Respublikasining har qanday nuqtasida idishli suvlarni sotib olishingiz mumkin.
  
Ovqatlanish
 
 
table
O'zbekiston Respublikasi o'zining sabzavot va mevalari bilan jahonga mashhurdir. Agarda, mamlakatimizga hosil yig'imi davrida kelsangiz, albatta qovun, uzum, anor va mevalarimizdan tatib ko'ring. Albatta, meva va sabzavotlarni iste'mol qilishdan oldin, ularni yuvib olish tavsiya qilinadi. Spirtli ichimliklar deyarli barcha restoran va mehmonxonalarda sotiladi. Yuqori sifatli aroq yoki vino mahsulotlarini mahalliy do'kon yoki supermarketlardan sotib olishingiz mumkin. Milliy o'zbek taomlari kaloriyaga juda ham boy. Milliy oshxonamiz - osh, shashlik, manti, tandir kabob va lag'mon kabi taomlari lazzatli ishtaha bilan tanovul qilinadi. Ko'p miqdordagi go'sht va yog'li taomlarning iste'mol qilinishi oshqozon faoliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham, kuchli kaloriyali ovqatni kechki uyqudan oldin yemagan ma'qulroq. Taom tanovul qilayotgan paytda sovuq suv ichmaganingiz ma'qul. Ovqatlangandan keyin issiq holdagi ko'k choy yoki shirin mevalar (qovun va tarvuz) taomning tez hazm bo'lishiga yordam beradi.
  
Xaridlar
 

bazaar
O'zbekiston Respublikasida ertalab soat 8 dan ochiladigan yirik bozor va do'konlari mavjud. Xarid qilish uchun taklif qilinadigan mahsulotlar - ziravorlar, qurutilgan mevalar, mahalliy o'zbek suvenirlari, gilamlar, mahalliy vino va aroq kabi ichimliklar. Endigina uzilgan mevalar xaridini an'anaviy bozor va supermarketlarda amalga oshirishingiz mumkin. Esingizda tuting, ba'zan, bozorlarda savdolashish ham iqtisodingizga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Qimmat bo'lmagan suvenir va mevalar pulingizni iqtisod qiladi va safaringizda esda qolarli damlarni hadya etadi. Samarqand yoki Buxoro kabi qadimiy shaharlarda sotib olingan antikvariatlar uchun ishlab chiqarilgan sana ma'lumotnomasi talab qilinadi, chunki 1959-yilgacha tayyorlangan, yasalgan buyumlarning eksportga chiqishi maxsus ruhsatnomalarsiz ta'qiqlanadi; 1959-yildan keyin ishlab chiqarilgan buyumlar uchun, milliy merosga kiritilgan mashhur bo'lgan ijodiy meroslardan tashqari, ruhsatnoma talab qilinmaydi. Madaniyat Vazirligi maxsus ruhsatnomasini yirik shaharlarda yoki "Toshkent" xalqaro aeroportida, mamlakatni tark etishdan oldin olishingiz mumkin va shuni ta'kidlab o'tish kerakki, sotib olingan antikvariat buyumlarga poshlina-boj solinadi.
bozor
Bojxona qonun-qoidalariga binoan, g'arb mamlakatlarida bo'lganidek, mamlakatimizga import qilinishi mumkin bo'lgan narsa-buyumlar ro'yxati mavjud. O'zbekiston Respublikasiga tashrifingiz mobaynida sotib olingan buyumlar (qo'lda ishlangan narsalar, keramika, yaqinda ishlab chiqarilgan tovarlar) mamlakat hududidan to'sqinliksiz olib chiqilishi mumkin. Agarda san'at va antikvariat buyumlarini, eski gilamlar, devorga osiladigan choyshab, kitoblar, qurol-yarog'lar (qilich, pichoq) va boshqalarni, sotib olish rejangiz bo'lsa, Sizda O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi tomonidan berilgan ruxsatnoma bo'lishi lozim. Bunday ruxsatnomani to'g'ridan-to'g'ri antikvariat sotuvchilaridan, buyum sotib olish chog'ida, sotib olishingizni tavsiya qilamiz. Aks holda, litsenziyaga ega bo'lmagan tovarlar bojxona organlari tomonidan konfiskatsiya qilinishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi hukumat organlari immigratsion xizmati tekshiruvidan qiyinchiliksiz o'tish uchun o'zingiz bilan haqiqiy pasport va vizangiz bo'lsin.
  
Xavfsizlik
 
 
police

Konstitutsiyaga binoan, O'zbekiston Respublikasi dunyoviy mamlakatdir. Barqarorlik va taraqqiyot mamlakat rivojlanishining eng muhim asosi bo'lib hisoblanadi. MDH mamlakatlari orasida O'zbekiston Respublikasi eng tinch-totuv, hamda jinoyat sodir etish darajasi eng past bo'lgan mamlakatdir. Shundan kelib chiqqan holda, oddiy xavfsizlik qonun-qoidalariga rioya qilinmasa, muammoli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Pasport va vizalar nusxasini ko'chirib olish ma'qulroq. Militsiya xodimi Sizni to'xtatganda, shaxsni va fuqarolikni tasdiqlovchi hujjatingizni, hamda tasdiqlangan pasport vizasi nusxasini ko'rsatishingiz lozim. Aeroportlarda, chegara nazorati punktlarida va militsiya uchastkalarida suratga tushurish ishlari qat'iyan taqiqlanadi. O'zbekiston Respublikasi shoshilinch telefon raqamlari: 01-o't o'chirish xizmati; 02-militsiya; 03-tez yordam xizmati; 050-Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi.

Navoiy Pa, 19 Oktyabr

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz