Aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha ma’lumot

Airport checkpoint

«Navoiy»  xalqaro  aeroporti  uchun   bizning  mijozlarimizga hamda xodimlarimizni aviatsiya xavfsizligi va himoya  bilan  ta’minlash birinchi  o‘rinda  turadi.  Xavfsiz sayohat qilishni ta’minlash hamda  zarur bo‘lmagan kechikishlarni oldini olish maqsadida, Sizdan  bizning xavfsizlik qoidalarimizga asosiy e’tiboringizni qaratishingizni so‘raymiz.

 

Aeroportda

Sizning sayohatingiz tinch va  yoqimli o‘tishi uchun, iltimos, samolyot bortiga nimalarni olib chiqish hamda olish mumkin emasligi haqidagi so‘nggi qoidalarni o‘qib oling.

 

Qo‘l   yuki

Hozirgi vaqtda, «Navoiy» xalqaro aeroportida bir kishi uchun bitta qo‘l yuki olish qoidasi tadbiq etilgan.

 

Suyuqliklar

Suyuqliklarni tashish chegaralangan. Sizga barcha suyuqliklarni havo kemasiga chiqayotganingizda qo‘lingizga olishni tavsiya etamiz, lekin,  100 ml dan  ko‘p  bo‘lmagan idishlarlarni tashish mumkin. 100 ml dan ko‘p konteyner sig‘imlaridagi suyuqliklar sig‘imi deyarli ozroq to‘ldirilgan taqdirda ham qabul qilinmaydi.

Sig‘imlar 1litrdan ko‘p bo‘lmagan hajmdagi mahkam yopiladigan rangsiz plastik paketda erkin joylashishi kerak. Suyuqlik sig‘imlari plastik paketlari tekshirish jarayonida  qo‘lga olingan narsalar, kiyim jihozlari hamda ixcham kompyuterlardan alohida tarzda taqdim etiladi, Har bir yo‘lovchiga 1 litr hajmdagi faqat 1 dona  rangsiz  plastik paket olishga ruxsat beriladi. Bundan bolalar suti/ovqati, dorilari hamda maxsus dieta uchun yoki boshqa tibbiy ehtiyojlar uchun dorilar (tibbiy tasdiq bilan birga).

Ilova: Noto‘g‘ri o‘rab joylashtirilgan suyuqliklar musodara qilinadi.

Suyuqliklar o‘z  ichiga quyidagilarni oladi:

- Suv va boshqa ichimliklar, sho‘rvalar, siroplar;
- Kremlar, losyonlar hamda yog‘lar;
- Parfyumeriya;
- Spreylar;
- Gellar, shu jumladan soch va dush qabul qilish uchun ishlatiladigan gellar;
- Bosim ostidagi konteynerlar tarkibi, shu jumladan dezodarantlar hamda soqol olish uchun ishlatiladigan penalar;
- Pastalar, shu jumladan tish pastasi;
- Suyuq-qattiq aralashmalar;
- Kiprik uchun tush;
- Boshqa ixtiyoriy suyuqliklarning konsistensiyalari.
 
Katta elektrqurilmalar/noutbuklar
  

Noutbuklar va boshqa elektrqurilmalarning murakkab elementlari qo‘l yukidan alohida bo‘lishi kerak hamda alohida tekshiriladi.

Aeroportga kelishdan oldin

«Navoiy» xalqaro aeroportiga kelishdan oldin, keyingi sayohatingiz uchun Sizning amaldagi pasportingiz (vizangizni ham) o‘zingiz bilan birga ekanligiga amin bo‘ling. Ko‘p organlarning talabiga ko'ra Sizning pasportingiz amal qilish muddati tugagunga qadar, uchish vaqtizdan bilan orada 6 oy muddat bo‘lishi kerak.

Navoiy Pa, 19 Oktyabr

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz