Yo'lovchilar so'rovnomasi

Hurmatli yo’lovchilar!

Biz, Navoiy xalqaro aeroporti xodimlari, o’z yo’lovchilarimizga hamisha yuqori darajadagi xizmat ko’rsatishga intilamiz. Shundan kelib chiqib, biz Sizga ko’rsatayotgan xizmatlar va ularning sifati haqida ma’lumotga ega bo’lishimiz zarur. Shuning uchun, biz ushbu so’rovnomani o’tkazmoqdamiz.

So’rovnoma xalqaro va mahalliy havo yo’llarida amalga oshiriladigan uchish va qo’nish qatnovlarida yo’lovchi va yuklarga ko’rsatiladigan xizmatlar sifatini baholash, hamda xizmatlar darajasini oshirish yuzasidan Sizning talab va takliflaringizni o’rganish maqsadida o’tkazilmoqda!


Yo’lovchilar so’rovnoma varaqasini mana bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.


So’rovnomani to’ldirganingizdan so’ng, uni quyidagi elektron manzillarimizga: nvi-pdsp@uzairways.com, info@navoi-airport.com,  yoki quyidagi faksga jo’natishingiz mumkin: 8 436 770 31 74.


NAVOI XALQARO AEROPORTI NOMIDAN
SO’ROVNOMADA QATNASHGANINGIZ UCHUN MINNATDORCHILIK BILDIRAMIZ
Navoiy Sh, 16 Dekabr

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz