Milliy oshxona


Asosiy ovqatlar va sho‘rvalar

Plov
Palov
 
O‘zbek palovi (osh, pilov, palov) juda ajoyib ta’mga ega va barcha davrga to‘g‘ri keladigan taomdir. Asosiysi shundaki, oshda yoqimli ta’m mavjud, turli ziravorlar bilan qovurilgan go‘sht yumshoq bo‘ladi. O‘zbek taomlarining  turli xil tayyorlash usullari bor. Palov-asosiy milliy o‘zbek taomidir. Agar siz biror marta O‘zbekistonga tashrif buyursangiz, Siz ko‘p marta shu taomga duch kelishingizga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonning har bir viloyatida oshning alohida tayyorlash usullari mavjud. Har qanday oshning asosiy qismi guruch hisoblanadi. Masalliqlar: yangi qo‘y go‘shti, piyoz, sabzi, guruch, ezilgan zira, ezilgan qora murch, tuz, no‘xat va sarimsoq, zira yog‘i.
damlyama
Dimlama
 

Masalliqlar: qo‘y go‘shti, kabachki, katta bosh piyoz, pomidor, sabzi, qizil qalampir, baqlajon, bosh karam (yadrosi olingan) va ziravorlar (tuz, zira, ezilgan qora murch). Bunda asosiysi, go‘sht eng tagda joylashgan bo‘lishi kerak hamda karam barcha masalliqlarni qoplab turishi kerak.

manty
Manti
 

Manti, Markaziy Osiyo va Kavkazning turli oshxonalarida hisoblangan panjali taomdir, u sharqiy osiyo bilan chambarchas bog‘liqdir. Mantining masallig‘i, qoidaga ko‘ra, farsh yoki qo‘y go‘shtidan bo‘lib, u xamirga o‘raladi. «Manti» so‘zi birlikda ham ko‘plikda ham qo‘llaniladi. Manti to‘liq, qo‘y go‘shti, (mol go‘shti, ot go‘shti)dan, qora murch ziravori, ba’zan to‘g‘ralgan qovoq solinadi. Manti, yuqori darajali bug‘da pishiriladi va dasturxonga qaymoq, qatiq, piyozli (sarimsoqli) sous bilan tortiladi. Ko‘cha savdo punktlarida issiq manti yeyayotganda qizil qalampirni sepib yeyish tavsiya etiladi.

Shurpa
Sho‘rva
 
Sho‘rva Evrosiyoning milliy oshxonalarida dimlangan go‘sht bilan birga tayyorlanadigan turli xil taomlardan biridir. Nomi turkchadan kelgan bo‘lib, sho‘rva odatda qo‘y go‘shtidan, shuningdek, kichik va yovvoyi qushning go‘shtidan qilinishi mumkin. Har bir hududda ko‘kat va ziravorlar har xil solinadi, lekin odatda barcha joyda deyarli petrushka, shivit, koriandr, qizil qalampir qo‘shiladi.
Shashlik
Shashlik (kabob).

Shashlik yoki kabob («Kabob» olovda pishirilgan ixtiyoriy go‘sht yoki sabzavotlar bilan
) go‘shtdan tayyorlanadigan milliy taom bo‘lib, metal yoki yog‘och tayoqchalarida qovurilgan go‘shtdir. Sixda pishirilgan taom tarixiy davrlardan beri dunyoning ko‘p xalqlarining milliy taomi hisoblanadi.
Lagman
Lag‘mon
 
Lag‘mon-Markaziy Osiyo uyg‘urlarining milliy taomidir, shuningdek o‘zbeklarnikihamdir. Lag‘mon asosan qo‘y go‘shtidan tayyorlanib, sabzavotlar va maxsus uzunlikdagi ugradan tashkil topadi. Ugra maxsus tarzda cho‘ziladi, xamirni xuddi bitta  ip tizimiga tuzgandek bo‘ladi. Ko‘p miqdorda lag‘mon qaylasi sho‘rvaga o‘xshaydi,  boshqa tayyorlanish yo‘lida, ugra sous va qiyma bilan tortiladi. Lag‘monga ko‘kat va ziravorlar qo‘hsadilar, va uni tayoqchalarda yeydilar. Lag‘monning turli xil turlari mavjud.
Somsa
Somsa
 
Somsa-o‘zbek, tojik va uyg‘ur oshxonalariga xos bo‘lgan piyoz hamda qo‘y go‘shtidan tashkik topgan pirogdir. Somsa  uchun xamir hamisha  yangi  va  shishirilgan  bo‘lishi kerak. Somsani tandirda pishiradilar. O‘zbekiston, Tojikiston Sharqiy Turkistonning barcha shaharlarida va aholi punktlarida somsa ko‘chada va bozorlarda, taxminan shuningdek, xot-doglar yevropa shaharlarida sotilganidek bizda ham mashhur. Somsa shuningdek restoranlarda ham sotiladi, lekin u odatda yog‘li xamirdan qilinadi va yevropalashgan ko‘rinishga ega.
 
 
Salatlar
AchikChuchuk
Achchiq-chuchuk

Pomidor va piyozdan tayyorlangan salat. U palov bilan birga dasturxonga tortiladi.

shakarop

Shakarob

Bu ingichka qilib to‘g‘ralgan pomidor va piyoz, tuz va qalampirdan tayyorlangan salatdir.
 
Non mahsulotlari
 
Non
Non

Milliy o‘zbek noni, umumiy tarzda non deb ataladi, obi non yoki patir ham deb aytiladi (rus tilida lepyoshka), o‘rtasi ingichka va atrofi yo‘g‘on tarzda ishlangan dumaloq  non tarzda pishiriladi. Non dasturxonga usti bezatilgan tarzda yoki non saqlagichga bo‘laklangan holda kesik tarzida qo‘yiladi. Obi nonni maxsus loydan qilingan tandirda yopadilar. Har bir hududda har xil non turlari mavjud.
Patyr
Patir

Patir nonning bir turi bo‘lib, farqi shundaki, uning xamiri yog'da o'raladi. Qadimgi an’analarga ko‘ra, bu xo‘shbo‘y  qaymoq hamda yog‘ solib tayyorlangan non sovchilik marosimlari vaqtida taqdim etiladi.
 
Qandolat mahsulotlari
 
Halva
Holva

Holva zich qilib tayyorlangan shirin  qandolat mahsuloti bo‘lib, u aslida Markaziy Osiyo, Hindiston, Sharqiy Osiyo va Shimoliy Afrika mamlakatlaridan  kelgan. Bu atama ikki xil turdagi desertlarni belgilash uchun mavjud:
  • -un asosida: bu turdagi holva jelatinli bo‘lib, bug‘doy uni va manniy krupasidan tayyorlanadi. Birlamchi masalliqlari: yog‘, un, shakar.
  • -yong‘oq yog‘i asosida: bu holva turi sochiluvchan va kunjut moyi yoki boshqa yong‘oq yog‘i asosida bo‘ladi. Birlamchi masalliqlar: yong‘oq yog‘i va shakar. Holva shuningdek boshqa masalliqlar asosida ham tayyorlanishi mumkin, shu jumladan kungaboqar pistalari, turli xil yong‘oqlar, yasmiq donlari va sabzi, qovoq, shirin kartoshka hamda qovoqchalardan qilinishi ham mumkin.
Navoiy Sh, 16 Dekabr

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz