Navoiy bilan tanishuv


O'zbekiston Respublikasining joylashuvi haqida qisqacha ma'lumot

map of uzbekistanO'zbekiston (O'zbekiston Respublikasi, O'ZB), Markaziy Osiyoda joylashgan davlatdir. Qozog'iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg'iziston va Afg'oniston bilan chegaradosh. Shimoliy - ga'rbida Orol dengizi joylashgan. Umumiy maydoni 447 400 kv.km. Poytaxti - Toshkent shahri. Poytaxt aholisi 2,3 mln. kishini tashkil qiladi.

Siyosiy tuzumi
 
Davlat boshlig'i 7 yilga saylanadigan prezident hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti - Islom Abdug'anievich Karimov. Davlatning eng oliy organi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hisoblanadi va qonunchilik hokimiyatini amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan iborat - Qonunchilik palatasi (pastki palata) va Senat (yuqori palata). Qonunchilik palatasi va Senatning vakolat muddati - 5 yil.

Aholisi

O'zbekiston hududida 100dan ortiq millat va elatlar yashaydi. Davlat aholisi 26,5 mln. kishidan ortiq (o'zbeklar - 71,4%, ruslar - 8,3%, tojiklar - 4,7%, qozoqlar - 4,1%, totorlar-2.4%, qoraqalpoqlar - 2,1%, boshqalar - 7%). Davlat tili o'zbek tili hisoblanadi. Rus tili millatlar o'rtasidagi so'zlashuv tili hisoblanadi. Pul birligi -  so'm.
 
Navoiy viloyatining aholisi 880 ming kishini  tashkil qiladi, umumiy yer maydoni 110 800 kv.km. ni tashkil qiladi. 
Navoiy shahrining (viloyatning ma'muriy markazi) aholisi 125 ming kishini ni tashkiq qiladi (73,2% - o'zbeklar, 16,5% - ruslar, 1,3% - qozoqlar, 9% - boshqa millat vakillari).
 
Viloyatlar va tumanlar

O'zbekiston Respublikasi Qoraqalpog'iston Muxtor Respublikasi va o'n ikkita viloyat: Toshkent, Buxoro, Farg'ona, Namangan, Andijon, Sirdayo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo. Viloyatlar yana tumanlarga bo'linadi.

Toshkent viloyati 15 ta ma'muriy tumanlarga bo'linadi. Toshkent shahri viloyatlardan alohida mustahqil shahar sifatida boshqariladi. Toshkent viloyatining boshqa yirik tumanlari: Angren, Olmaliq, Ohangaron, Bekobod, Chirchiq, G'azalkent, Keles, Parkent, To'ytepa, Yangiobod va Yangiyo'l. Navoiy viloyati 8 ta ma'muriy tumanlarga bo'lingan. Villoyat markazi Navoi shahri. Boshqa katta shaharlar Qiziltepa, Nurota, Uchquduq, Zarafshon va Yangirabot.

Iqtisodiyot

O'zbekiston Respublikasi mineral resurslarga boy, 100 dan ortiq mineral resurslarning turi topilgan. Respublika oltin ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. U aniqlangan zahiralar bo'yicha jahonda 4-o'rinda turadi. O'zbekiston dunyodagi 10 ta yetakchi gaz ishlab chiqaruvchi davlatning biri hisoblanadi. Boshqa katta foydali qazilmalar konlari ko'mir konlari,uran rudasi konlari, rangli va noyob metallar(kumush, mis, qo'rg'oshin, sink, volfram va molibden)  konlarini o'z ichiga oladi. O'zbekiston Respublikasining sanoat salohiyati qishloq xo'jalik va paxtani qayta ishlash bilan bog'liq bo'lib qolyapti. Xalq xo'jaligining boshqa muhim sohalari metallurgiya, avtomobil ishlab-chiqarish, kimyo va oziq-ovqat sanoati, hamda qurilish mahsulotlari ishlab-chiqarishni o'z ichiga oladi. O'zbekistonda eng muhim qishloq xo'jalik sohasi paxtachilik hisoblanadi. Undan tashqari meva, sabzavot va don ekinlari yetishtiriladi.

Navoiyga xush kelibsiz!

Navoiy viloyati O‘zbekistonning eng katta viloyati hisoblanadi. Mamlakatning yuragida joylashgan, viloyat  maqdoni 110 800 kvadrat kilometrni yoki 880 ming kishilik, aholi bilan mamlakat umumiy maydonining 24,8% ni tashkil qiladi, ulardan 400 ming kishi shaharlarda va 480 ming kishi qishloqlarda yashashadi.

Tarix
 
So‘g‘d sivilizatsiyasi dunyo sivilizatsiyasining eng qadimgilaridan hisoblanib, Zarafshon daryosi vodiylarida yuzaga kelgan. Agar Sizda  tarixiy  joylar- Malik Rabot, Sarmishsoy, Chashma kabi joylarda ekskursiya o‘tkazish imkoniyati tug‘ilsa, Siz viloyat o‘tmish tarixiga qancha uzoq kirib ketganligingizga amin bo‘lasiz. Zamonaviy Navoiy viloyatiga 1958 yilda Buxoro va Samarqand viloyatlarining qismlari birikishidan asos solingandi, va buyuk o‘zbek shoiri hamda davlat arbobi Alisher Navoiy sharafiga nom olgan. Qadim zamonlardan beri hudud strategic joylashuvi hamda tabiiy resurslarning mavjudligi bilan asosiy joy sifatida ahamiyatga ega bo‘lgan. Viloyat asosiy savdo yo‘li – Buyuk ipak yo‘lida  joylashgan va Sharq hamda G‘arb xalqlari uchun madaniyat va muloqoot almashuvi uchun ko‘prik vazifasini bajargan. 
History Of Navoi

Alisher   Navoiy

Alisher Navoi

"Fikr qil, ey Yer ahli,
Dushmanlik shaytonga xos.
Hammangiz do‘stlikda
bir bo‘lib yashang,
Insonda  taqdiridan yaxshi narsasi yo‘q".

Alisher Navoiy (1441-1501) o‘zbek adabiyotining asoschisi hamda davlat arbobi, olim, rassom va  kosib-hunarmandlarning  homiysi hisoblanadi. Podsholikda podshodan keyin ikkinchi boy odam hisoblangani uchun, u o‘zining  bor umrini  va boyligini  o‘z hamyurtlarining yashash sharoitlarini yaxshilash hamda o‘qitish ishlariga  bag‘ishlagan. Buning uchun u hatto o‘z shaxsiy hayotidan ham kechdi, ya’ni uylanmadi, bunda faqat butun umrini insonlarga yordam  ko‘rsatishga bag‘ishladi. Adolat uning asosiy qonuni edi va  o‘sha paytda birorta ham qishloq yo‘q ediki, u maktab qurmagan bo‘lsa yoki suv  yetkazib olib bormagan bo‘lsa. U barcha insonlar teng huquqlilik asosida tinch hamda ahil   yashaydigan davlat haqida orzu qilgan. Xuddi shu fikrlarni inobatga olib hamda shu g‘oyaga ishonib o‘zbek xalqi chin  ko‘ngildan  bu shaharni buyuk mutafakkir Alisher Navoiy shrafiga nomladi.








Navoiy shahri 

Viloyatning  ma’muriy markazi O‘zbekistonnig eng yangi ma’muriy markazlaridan bo‘lgan Navoiy shahri hisoblanadi. U Malik cho‘li hududida 1958 yilda tashkil topgan. Shahar qulay qurilgan va  zamonaviy samarali muhandislik konsepsiyasiga ega.

 

 

 

 


Bundan tashqari, havo tizimi namgarchiligini ta’minlash maqsadida, loyiha tuzuvchilar shahar o‘ratasida bog' va karusellar bilan o'ralgan katta  sun’iy ko‘lning bo‘lishini loyihalashtirganlar. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shaharni qurgan me’morlar Patrik Aberkrombe nomidagi xalqaro me’morlar qo‘mitasi g‘oliblari sifatida tan olinganlar.
Navoiy shahrida deyarli  125 ming kishi yashaydi.

Ijtimoiy  tuzilma

Navoiy ko‘p millatli shahar. Bu yerda 80 dan ortiq millat vakillari tinch va inoqlikda yashaydilar. Aholining o‘rtacha yoshi 25,2 ni tashkil qiladi. Yoshlarning ko‘pchiligi o‘z vaqtlarini sport hamda ta’lim-tarbiya maskanlarida o‘tkazadilar.

Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat konchilik instituti, 362 ta o‘rta maktablar, 48 ta akademik litseylar hamda kollejlar, maxsus sport hamda musiqa  maktablari Navoiy viloyatida faoliyat yuritmoqda. 40 ta klinika, 120 dan ortiq klublar, 300 ta kutubxona va 2 ta muzey ham o'z faoliyatini davom ettirmoqda.

 

Iqlimi

Hudud iqlimi  keskin continental, yozi quruq va issiq, qishi sovuq, bahori yam-yashil va kuzi yomg‘irli. Har bir faslning o'ziga xos xususiyatlari bilan rohatlanish mumkin.

Biznes va  iqtisodiyot

Zamonaviy Navoiy viloyati mamlakatning yirik sanoat hamda madaniy markazi hisoblanadi, va  mamlakatning iqtisodiy riviojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Hudud xom-ashyo resurslariga boy, ya’ni Muruntauga o‘xshagan oltinga boy dalalari bilan, kvars qumlari dalalariga ega, granit va marmar topilgan, shuningdek fosforit, qimmat va yerda kam uchraydigam metallar, beton uchun tuproqli, basalt, kaolin, ohaktosh, dolomit, kalsiy silikat hamda dala shpatiga boy hisoblanadi.

Hudud iqtisodiyoti keyingi katta tashkilotlarga  asoslanadi:

· Dunyoda 9999 karatli oltin ishlab chiqaruvchi yirik Navoiy kon-metallurgiya kombinati. Zavod uran rudalarini qazib oladi, marmar plitalarini, super fosforit metallar hamda boshqa turli xil mahsulotlar ishlab chiqadi.

· Dasturli operatsiyalar bilan metal stanoklar ishlab chiqaruvchi hamda tog‘-kon jihozlarini ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi Navoiy mashinasozlik zavodi sanoat birlashmasi.

· «Navoiyazot» ochiq aksionerlik jamiyati 70 dan ortiq organik  hamda noorganik kimyoviy moddalarni ishlab chiqaradi.

· «Qizilqumsement» ochiq aksionerlik jamiyati o‘zining yuqori markali sementi bilan Markaziy Osiyo hududida  o‘xshashi yo‘q yagona hisoblanadi.

Navoiy viloyati hududida 44 dan ortiq investisiya tashkilotlari ish yuritadi. Bu tashkilotlardan ko‘pchiligi  Navoiy hamda Zarafshon shahrida joylashgan, va ular AQSh, Shveytsariya, Xitoy, Rossiya hamda Ukraina investorlari ishtirokida tuzilgan.



Shahar mehmonxonalari

«Yoshlik» mehmonxonasi

Joylashuv: 43 ta  ikkixonali  nomerlar, sauna, restoran (Milliy  va Yevropa taomlari).                
Mehmonxona xizmatlari va xizmat ko‘rsatish vositalari:
 
- xonalarga 24 soat xizmat ko‘rsatish;
- mehmonxona ichida bar;
- ichki basseyn;
- havoni  sun’iy iqlimga o‘zgartirish;
- ko‘chada mashina turargohi.
 

Xizmatlar uchun to‘lov 20$ dan 50$ gacha belgilangan.

Manzil: Xalqlar Do‘stligi ko‘chasi 138 B
Tel: +998 79 224 40 21  
Youth Hotel
«Navoiy» mehmonxonasi
 
Joylashuv:50 o‘rinli nomerlar, sauna, restoran (Milliy va evropoa taomlari oshxonasi)
Mehmonxona xizmatlari hamda xizmat ko‘rsatish vositalari:
 
- xonalarga 24 soat xizmat ko‘rsatish;
- mehmonxona ichida bar;
- ichki basseyn;
- havoni sun’iy iqlimga o‘zgartirish;
- ko‘chada mashina  turargohi.

Xizmatlar uchun to‘lov 10$ dan 100$ gacha belgilangan.

Manzil: Xalqlar Do‘stligi ko‘chasi 73
Tel:+998 79 223 11 64
 
NAVOI HOTEL

Shahar shifoxonasi  ( 27-shifoxona)

Manzil: Janubiy ko‘cha 3
Tel: 223-15-78
 

Shifoxonada har bir davolash jarayoni yuqori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan terapevt, revmatolog, lor, jarroh, kardiolog, gastroenterit, stamotolog, massajchi, fizioterapevt va boshqa mutaxassislar shug‘ullanadilar.

Viloyat shifoxonasi

Manzil: Ibn Sino ko'chasi 27
Tel: 223-81-00
 

Bu shifoxonada o‘smirlar tibbiy klinikasi bo‘limlari, autism xizmatlari, qon quyish, kardiologik xizmatlar, dermatologiya, otolaringologiya, gemotoligiya, immunologiya laborotoriyalari, yuqumli kasalliklar bo‘limi hamda boshqalar joylashgan.

 
Navoiy Pa, 19 Oktyabr

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz