Sport

 

"So'g'diyona"

"So'g'diyona"  fulbolchilar, sportchilar, bokschilar, kurashchilar, karatechilar, yengil atletikachilar, tosh ko'taruvchilar va boshqa sportchilar shug'ulllandigan ko'p funksiyali o'yingoh va sport majmuidir. Bu yerda  eng muhim turnirlar va musobaqalar o'tkaziladi. Ayni paytda,  Navoiyning futbol jamoasi "Zarafshon" o'z uyidagi o'yinlarni shu o'yingohda o'tkazadi. Sport musobaqalaridan tashqari, bayram  dasturlari va xalq artistlarining konsertlari ham shu o'yingohda o'tkaziladi.

«Kimyogar» o'yingohi

"So'g'diyona" o'yingohiga o'xshash o'yingoh, "Kimyogar" o'zining imkoniyatlari bilan ko'p funksiyali majmuadir. Agar "So'g'diyona" o'yingohi shaharning markazida joylashgan bo'lsa, "Kimyogar" maydoni shahar markazidan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan.

"Sport" saroyi

Sport saroyi shaharning yana bir mashhur sport markazidir. Insonlar bu yerda sportning turli xil turilariga a'zo bo'lish uchun keladilar. Bu yerda basketbol, voleybol, stol tennisi, va kurash san'atining boshqa turlari bor. Professional murabbiylar sizga yuqori natijalarga erishish imkoniyatini beradigan mashq dasturlari haqida bosh qotiradilar.

"Delfin" suzish havzasi

Bu suzish kompleksi uchta basseyn, sauna, fitness klubidan iborat. Bitta basseyn bolalar uchun, qolgan ikkitasi katta yoshdagilar uchun. Majmua juda ko'p mashhur suzish bo'yicha professional  sportchilarni etishtirib chiqargan. Lekin, yana havaskor suzuvchilarni qabul qilishdan xursand.

Navoiy Sh, 16 Dekabr

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz