Istirohat bog'lari va yodgorliklar

"Alisher Navoiy" nomidagi istirohat bog'i

Istirohat bog'i shahar markazida joylashgan bo'lib shaharning ko'rkiga joziba va go'zallik ulashib turibdi. Ranglar, daraxtlar, haykallar osoyishta muhitni xar xilligi hayot qiyinchiliklarini unutishga yoram beradi, bir so'z bilan aytganda barcha ortiqcha muammolarni unutib, yashil muhitda rohatlanish mumkin.
Istirohat bog'ining qoq markazida buyuk mutaffakir Alisher Navoiyning haykali o'rnatilgan.Har kuni haykal atrofida ko'pgina odamlarni ko'rish mumkin: o'quvchilar, talabalar, sevishganlar va nikoh marosimlarni va haykal tomon intilayotgan yosh kelin-kuyuvlarni ham kuzatish mumkin.
"Motamsaro Ona" haykali
 
Haykal ikkinchi jahon urushida o'g'illarini tinchlik uchun va o'z vatanlarining ozodligi uchun yuborgan onalar sharafiga o'rnatilgan. Haykalning chap va o'ng tarafida xotira kitoblari o'rnatilgan. Bu kitoblarda urushda qatnashgan barcha harbiylarning ro'yxati chop etilgan. 14 yanvar - "Vatan Himoyachilar" kuni va 9 may - "Xotira" kuni. Bu bayramlarda odamlar haykalga gul qo'yish va rasmga tushish uchun keladilar. 

"Navoiy" ko'li

Navoiy shahri cho'l hududida qurilgan shahardir. Shunday ekan, shahar dizaynerlari shaharda havo namligini sistemasini ta'minlash uchun, shahar markazida katta sun'iy ko'lni loyihalashtirdilar. O'z navbatida atrofidagi attraksionlar, istirohat bog'lari bilan ko'l Navoiy aholisining eng sevimli joyiga aylangan. Bu yerda odamlar rohatlanish, shahar shovqinini unutish va oddiygina cho'milib rohatlanish va qirg'oqda oftobda toblanish uchun keladilar. Undan tashqari, ko'lda siz ma'muriyatning kataramanlar xizmatidan foydalanishingiz mumkin va ko'l bo'ylab sherigingiz yoki yolg'iz suzishingiz mumkin.

"Noma'lum askar" haykali

Haykal "Farhod" madaniyat saroyining orqasidagi istirohat bog'ida joylashgan. Bu yerda haykalni o'rab turgan ko'pgina chiroyli daraxt va gullar borligi uchun, bu joy ham odamlar kelib dam oladigan joy hisoblanadi. Siz istirohat bog'idagi sokin muhitdan rohatlanishingiz mumkin. Ko'p insonlar kunning ko'p qismini ishda o'tkazgandan keyin istirohat bo'giga borishni xush ko'radilar. Bolalar istirohat bog'ida o'ynaydilar, sevishganlar o'rindiqlarda o'tirib suhbatlashadilar, yoshi ulug'lar esa ochiq havoda jurnal o'qiydilar. Qisqacha qilib aytganda bu joy Navoiy aholisining sevimli joyidir.

Navoiy Pa, 19 Oktyabr

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz