Bozorlar



Central Market
«Markaziy Bozor»
  
«Markaziy bozor» Navoiy shahrida eng katta savdo markazi hisoblanadi. Bozor ikki qismga ajratilgan. Ulardan biri - dehqon bozori. Bu yerda siz meva, sabzavot va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishingiz mumkin.
Bozorning ikkinchi qismi kichik savdo do'konlaridan tashkil topgan. Bu yerda siz kiyim-kechak, ofis uchun jihozlar, qurilish mollari va kundalik hayotda ishlatiladigan kerakli mahsulotlarni xarid qilishingiz mumkin.


Guliston market
"Guliston" savdo markazi
  
Savdo markazi har kuni ertalab soat 9 dan kechqurun 5 gacha ishlaydi. Markaz aeroportdan 25 km uzoqlikdagi masofada joylashgan bo'lib taksida 25 daqiqalik yo'ldir. "Guliston" savdo markazi Navoiy shahrining markaziy qismida joylashgan. Savdo markazi meva, sabsavot va go'sht mahsulotlariga to'la iste'mol mahsulotlar bozori va bozor atrofida mahsulot do'konlaridan tashkil topgan. Undan tashqari bozor yaqinida mebel va elektrotexnika do'konlari mavjud. Savdo markazi 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.


SUM

«Shahar savdo markazi»
  
«Shahar savdo markazi»  yana bir yirik savdo markazi hisoblanadi. U shahar markazida joylashgan. Ikki qavatli savdo markazi shahar aholisini turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim kechak, mebel va boshqa xildagi mahsulotlar bilan ta'minlaydi.
Ish vaqti dushanbadan tashqari har kuni ertalab soat 10 dan kechqurun 8 gacha.


9th market
Tijorat bozori
  
9-kichir tumanda joylashgan tijorat bozori shaharning shimoliy sharqida joylashgan. Bozorni o'rtasida dehqonlar meva va sabzavot sotadigan juda ko'p savdo rastalari mavjud. Bozor kichik savdo do'konlari bilan o'rab olingan. Savdo do'konlari turli tuman, u yerda siz ko'p turdagi non mahsulotlarni sotib olishingiz mumkin. Bozor har kuni ertalab 9 dan kech soat 7 gacha ishlaydi. Aeroportdan 22 kilometr uzoqlikda joylashgan va taksida  25 daqiqalik yo'l.


Gum
«Asosiy Savdo Markazi»
   
Savdo majmuasi shahar istirohat bog'idan uncha uzoqlikda joylashmagan bo'lib majmua katta bo'lmagan savdo do'konlari bilan o'rab olingan. Bu do'konlarda asosan ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish mumkin. Majmua har kuni ertalab 9 dan kech soat 7 gacha ishlaydi. Aeroportdan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan va taksida 25 daqiqalik yo'l.

Navoiy Sh, 16 Dekabr

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz