Madaniyat

Palace of culture ''Farhod''
"Farhod" madaniyat saroyi
Manzili: Navoiy ko'chasi, 21
Telefon: 223-34-40
 
Bu shaharning madaniy markazidir. U yerda Navoiy shahrining iqtidorli yoshlarini tarbiyalaydigan bir nechta to'garaklar mavjud. Undan tashqari markaz turli xildagi bayram marosimlarini, konsertlarini, kulgu kechalarini, va boshqa tadbirlarni o'tkazadi.
Culture
"Shirin" san'at saroyi
Manzil: Me'morlar ko'chasi, 4
Telefon: 224-43-61


"Shirin" san'at saroyi  Navoiy shahridagi ko'pfunksiyali yirik majmua hisoblanadi. Madaniyat markazi shaharning markazida joylashgan bo'lib, sharqona uslubda qurilganligi bilan maqtansa bo'ladi. Bu yerda turli xildagi bayram marosimlari, konsertlar va boshqa marosimlar o'tkaziladi.
House of culture
"Navro'z" madaniyat uyi
Manzil: Amir Temur ko'chasi, 4
Telefon: 223-85-85

"Navro'z" madaniyat uyi turli xildagi tashkilotlarning madaniyat madaniy faoliyati uchun markaz sifatida xizmat qiladi. Binoda faollar zali, mashg'ulotlar va muhokamalar uchun xonalar, kutubxona, konferensiya zali, video va audio zallari mavjud. Madaniyat uyining asosiy hususiyati - konsert zali va kongress zali.
Uzbekistan_Movie_center
"O'zbekiston" kinoteatri
Manzil: Zarapetyan ko'chasi, 14

Bu yirik zamonaviy kinoteatr 1970-yillarning ikkinchi yarmida qurilgan. Kinoteatrning o'ng tarafida alohida kirish joylariga ega bo'lgan bar va restorani bor. "O'zbekiston" kinoteatri odatda ruscha va o'zbekcha kinolarlarni ekranda qo'yadi. Ba'zi paytlarda, rus tiliga tarjima qilingan g'arb kinolari namoyish etiladi. Shuningdek, bu yerda bayram va boshqa tadbirlar o'tkaziladi.
Navoi Museum

"Navoiy" muzeyi

Muzey o'zbek adabiyotini o'rganadi, o'zbek xalqining ming yillik tarixga ega bo'lgan intellektual madaniyatini va materiallarni yig'ish va asrash bilan shug'ullanadi. Muzeyga keluvchilar muzeyning katta zalida Alisher Navoiy, Bobur, Nodira, Uvaysiy va boshqa shoir va yozuvchilarning qiziqarli va ulkan adabiy merosi bilan tanishadilar. Bir necha marta chop etilgan avloddan avlodga o'tib kelayotgan bu noyob ishlar qo'lyozma sifatida saqlanadi.

Central Market

Markaziy masjid

Markaziy masjid ishlomga e'tiqod qiluchilarning sig'inish joyi hisoblanadi. Masjid 2005-yilda Navoiy shahri musulmonlariga xizmat qilishi uchun qayta ta'mirlangan. Masjid binosi o'zining sharqona uslubi va noyob arxitekturasi bilan mashhur. Masjidning maqsadi - musulmon jamoasi uchun diniy xizmatlarni ta'minlash, ma'rifiy va madaniy tadbirlarni o'tkazish va diniy ma'lumot manbai sifatida xizmat qilish.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Navoiy Pa, 19 Oktyabr

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz