Uchib ketish

Departures from NVIJo‘nab ketish jarayonini yakunlash uchun quyidagi oddiy bosqichlardan o‘tishingiz zarur.

Ro‘yxatga olish

Xalqaro yo‘nalishlardagi qatnovlarga ro‘yxatga olsih vaqti:
Qatnov jo‘nab ketishidan oldin  Boing-767, Boing-757, A-320 samolyotlari uchun 3 soa. Ro‘yxatga olish vaqtining tugatilishi - jadval bo‘yicha qatnov uchib ketishidan 40 daqiqa oldin.

Respublika ichidagi yo‘nalishlardagi qatnovga ro‘yxatga olish vaqti:
Qatnov jo‘nab ketishidan oldin IL-114, Boing samolyotlari uchun 1 soat 30 daqiqa oldin. Ro‘yxatga olish vaqtining tugatilishi - jadval bo‘yicha qatnov uchib ketishidan 30 daqiqa oldin. Ro‘yxatga olish vaqtining tugatilishi - jadval bo‘yicha qatnov uchib ketishidan 20 daqiqa oldin.

 
 Ro‘yxatga olish vaqti tugaganidan keyin kechikib kelgan yo‘lovchilarning  jo‘nab ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yuk
  
Tashish narxining 50% dan kam bo‘lmagan miqdorini to‘lagan yo‘lovchilar yuk tashish uchun quyidagi bepul yengilliklarga egadirlar:
· Birinchi klass 40 kg
· Biznes klass 30 kg
· Ekonom klass 20 kg
Me’yordan yuqori va maxsus tashiladigan (hayvonlar, sport jihojlari, belgilangan me’yorlardan oshgan) yuklar yuqori me’yordagi hamda maxsus yuklar tariflariga muvofiq to‘lanadi.

Yo‘lovchilar va aviatsiya xavfsizligini ta’minlash maqsadida barcha yukingiz havo kemasiga chiqishdan oldin tekshiriladi. Tez alanga oluvchi moddalar, yuqori bosimli gazlar, qurol hamda portlovchi moddalarni tashish ta’qiqlanadi.

Qo'l yuki  departure3
  
Qo'l yuki umumiy og‘irligi: iqtisodiy xizmat ko‘rsatish klasssi yo‘lovchilari uchun 8 kg dan, biznes va birinchi klass yo‘lovchilari uchun 10 kg dan oshmasligi lozim.

Qo‘l yukining maksimal gabarit o‘lchamlari 56 Х 45 Х 25 sm dan oshmasligi kerak. Har bir qo‘l yukining  uch o‘lcham summasi bo‘yicha maksimal kattaligi 115 sm dan oshmasligi kerak (g‘ildiraklari, dastasi va yon cho‘ntaklari bilan birga qo‘shib hisoblaganda).

Agar qo‘l yuki 1 tadan ortiq sumkadan (joydan) iborat bo‘lsa, bunday qo‘l yuki tashuvga bitta umumiy joy sifatida qabul qilinishi kerak va bunday joylarning umumiy gabaritlari yig‘indisi uch o‘lcham summasi bo‘yicha 115 sm dan oshmasligi kerak.
  
Bojxona deklaratsiyasi
  
Bojxona deklaratsiyasidan o‘tishdan oldin, iltimos,  yo‘lovchi terminalidagi uchta ustunlarning biridan bojxona deklarasiyasi shaklini olib to‘ldiring. Siz jo'nab ketish oldidan ruxsat berilgan narsalar va cheklovlarni bilishingiz zarur.
  
Immigratsion nazorat
  
Immigratsion nazorat xodimlari Sizdan passport va aviachiptangizni taqdim etishingizni talab qilishadi.
  
Jo’nab ketish
  
Immigratsion nazoratdan o‘tgandan so‘ng, havo kemasiga chiqishdan oldin kutish zaliga o‘tishingiz kerak bo‘ladi.
Navoiy Sh, 16 Dekabr

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz