Yuk bagaji yo‘qligi, zarar ko‘rganida va kechikkanda

baggageYuk bagaji  yetkazish  kechikkanda

Yuk bagaji yetkazish kechikkan holatda, siz bu haqida siz kelgan reysga bagaj  topshirish tugaganidan keyin darhol tezda bagaj izlash xizmatiga xabar qilishingiz kerak. Bunda siz yuk bagajlaringizning og‘irligini o‘lchash, aslida qabul qilib olgan yuk bagaj va yuk tashishga topshirilgan  yuk bagajlarning og‘irligi orasidagi tafovutni aniqlash maqsadida  yuk bagajingizning qolgan qismini qabul qilib olgan joylarni ko‘rsatishingiz (agar ular mavjud bo‘lsa) zarur.

Sizning yuk bagajingiz 21 kun ichida qidiriladi. Bu muddat ichida siz sizning yuk bagajingizning yetkazib berish  kechikkankigi sababli norozilik bildirishingiz mumkin. Agar  yuk bagaji 21 kun ichida topilmasa, yo‘qotilgan bagaj zararlarini undirish uchun  yozma norozilik taqdim etishingiz mumkin

Aviakompaniyaning shikoyat va arizlarni qabul qilish xizmati da’voni ko‘rib chiqadi hamda 3 oy muddat ichida ko‘rib chiqish natijalari bilan yo‘lovchini xabardor etadi, yuk tashish bir necha  aviakompaniyalar orqali amalgam oshirilganda bu jarayon 6 oy muddatda amalgam oshiriladi.

Yuk bagaji  zarar  ko‘rganda

Yuk bagaji zarar ko‘rganda, siz zararni undirish maqsadida zarar yetkazilganligi aniqlangandan so‘ng darhol va yuk bagaj qabul qilingandan so‘ng 7 kun ichida yozma da’vo taqdim etishingiz mumkin.

Yuk bagajda yetishmovchilik aniqlanganda

Yuk bagaj tarkibida yetishmovchilik aniqlanganda siz zararni undirish maqsadida yetishmovchilik aniqlangandan so‘ng darhol va yuk bagaj qabul qilingandan so‘ng 7 kun ichida yozma da’vo taqdim etishingiz mumkin.

Navoiy Pa, 19 Oktyabr

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz