Bojxona chegarasi orqali tovarlarni o‘tkazish qoidalari

allowancesO‘zbekistonga uchib keluvchi mehmonlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida yashovchilar mamlakat hududiga quyidagilarni  kiritish  huquqiga egadirlar:

· T-6 forma bojxona deklarasiyadagi  deklarasiya qilingan  majburiyatlar bilan birga chegaralanmagan miqdorda  naqd chet el valyutasini.  Rezident yoki resident bo‘lmagan shaxsning talabiga ko‘ra  naqd chet el valyutasi  TC-21 kvitansiyasi  bo‘yicha  saqlashga qabul qilinadi, bu holatda soliq olinmaydi;

· Bojxona  to‘lovlarisiz shaxsiy foydalanish uchun umumiy miqdori  50 (ellik) AQSh dollariga teng bo‘lgan  ehtiyoj tovarlari, agar bu tovarlar  qo‘shni bo‘lgan davlatlar hududidan  kirib kelayotgan   bo‘lsa;

· Bojxona  to‘lovlarisiz shaxsiy foydalanish uchun umumiy miqdori  1000 (ming) AQSh dollariga teng bo‘lgan  ehtiyoj tovarlari, agar bu tovarlar  qo‘shni bo‘lgan davlatlar hududidan  kirib kelayotgan   bo‘lsa;

· Shaxsiy foydalanish uchun  aksiz  solig‘iga  oid, aksizsiz  kiritish me’yorlari doirasida, agar  bu  tovarlar  qo‘shni bo‘lgan davlatlar hududidan  kirib kelayotgan   bo‘lsa.

 
 
 
 
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlanadi:  Restrictions
 

· Jamiyat va davlat tizimini buzishga, hududiy birlikni buzishga, siyosiy mustaqillik hamda davlat suverenitetini buzishga, urush, terrorizm, zo‘ravonlik, millat ustunligi va diniy mustaqillik, irqchilik va uning turlari (antisetimizm, fashizm), davlat qiziqishlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi huquqlariga  zarar yetkazadigan  muhr, qo‘lyozma, klishe, rasmlar, fotosuratlar, fotoplyonkalar, negativlar, kino-, video- hamda audio- mahsulotlar, gramzapislar, ovozli materiallar, EHM uchun magnitli ma’lumot tashuvchilar, shuningdek  pornografiya materiallari.

· Narkotik vositalar, psixotrop mahsulotlar hamda  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi  tavsiyasiga  zid, shuningdek  opiy va nasha chekish  moslamalari;

· O‘zbekiston Respublikasi  tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining ruxsatisiz noyob va yo‘qolib borayotgan hayvon turlari, shuningdek  Qizil kitobga kiritilgan manzarali, oziq-ovqat, dorivor o‘simliklarning  yovvoyi  tarzda  o‘suvchilari;
 
 · Qimmatbaho metal va toshlardan qilingan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi tomonidan beriladigan lisenziyaga ega bo‘lmagan tijorat maqsadidagi  zargarlik  mahsulotlari; (jismoniy shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlariga tortilmaydigan qimmatbaho metallar hamda toshlar me‘yori –umumiy miqdori 30-grammdan  ko‘p  bo‘lmagan     5 ta mahsulotlar);

· O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi ruxsatisiz dori vositalari hamda tibbiy teznikalar;

· O‘zbekiston Respublikasi aloqa Vazirligi  elektromagnit  moslik Markazining ruxsatisiz yuqori chastotali  qurilmalardan  radioelektron vositalar;

· Sanitar-epidiologik xizmat ruxsatisiz o‘simlik hamda hayvon mahsulotlari;

· O‘zbekiston Respublikasi  tabiatni muhofaza qilish  Davlat qo‘mitasining ruxsatisiz ozon qatlamini buzuvchi moddalar hamda mahsulotlar, ularning tarkibi.

· Tijorat  faoliyatiga qaratilgan tovarlarni  jismoniy  shaxslar  tomonidan  olib kirilganda, eksport-import jarayonlarini amalga oshirish  huquqiga ega yakka  tadbirkor sifatida ushbu  shaxsni majburiy  ro‘yxatdan o‘tkazish  talab qilinadi

 

 

 

 

Navoiy Pa, 19 Oktyabr

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz