Uchib kelish

Arrivals to NVIUchib kelish jarayonini to'liq yakunlash uchun Siz quyidagi oddiy bosqichlardan o‘tishingiz lozim.
 
Immigratsiya
 
Iltimos, immigratsiya xizmati oldida navbatda turing va navbatingiz kelganida bosh kiyimingizni hamda quyosh nuriga qarshi ko‘zoynagingizni olib qo‘ying va tekshirish uchun pasportingizni taqdim eting. Chetdan kelgan mehmonlar uchun ham O‘zbekiston Respublikasida yashovchi fuqarolari kabi faqat bitta navbat mavjud. 
 
Yuk
 
Immigratsion tekshiruvdan so‘ng, yuk topshirish zaliga o‘ting va o‘z yukingizni oling. Yuk berilishi kechikkanda, yukka zarar yetkazilganda yoki yukingizda yetishmovchilik bo‘lganida, Siz quyidagi tavsiyalarga amal qilishingiz zarur.
 
Bojxona
 

O‘z yukingizni olganingizdan so‘ng, bojxona punktiga o‘ting va barcha yukingizni rentgen apparatidan o‘tkazing. Siz bojxona chegaralaridan tovarlarni o‘tkazishning asosiy bojxona qoidalarini bilishingiz zarur.

 

Navoiy Sh, 16 Dekabr

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz