Rivojlanish konseptsiyasi va vazifalarimiz

Rivojlanish konseptsiyasi:

Bizning o'rtaga qo'ygan maqsadimiz - "Navoiy" xalqaro aeroporti asosida, xalqaro havo, temiryo'l va quruqlikdagi transport qatnovlarini yagona joyda kesishtiradigan Yevrosiyo qoq o'rtasida nomi chiqqan multimodal logistik markazga aylanish. 

Bizning rivojlanish konseptsiyamiz aeroportimiz strategik rivojlanishining oxirgi maqsadini ko'rsatib beradi va bunda bizning kelajak sari intilishimiz va unda bizni qanday ko'rishlari ko'rsatilib o'tiladi. 


Vazifalar:

Konseptsiyamizda aniq ko'zga tashlanadigan, rivojlanish darajasiga erishish maqsadiga tayangan holda, "Navoiy" xalqaro aeroportini, yaqin 10 yil ichida, Markaziy Osiyoda multimodal logistik markazga aylantirishga, hamda logistik markaz masshtablari va geografiyasini kengaytirishni maqsad qilib qo'yganmiz:

· O'zbekiston Respublikasi, hamda qisman Navoiy viloyatining industrial, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo'shish;

· Aeroportimiz infrastrukturasiga tegishli bo'lgan turli xil sohalardagi xizmatlar darajasini yanada ko'tarish;

· O'zaro teng manfaatli biznes printsiplariga tayangan holda, investorlar va mijozlarimiz hurmati va ishonchlarini qozonish;

· Bizning mijozlarimiz (yo'lovchilar), xodimlarimiz va hamkorlarimiz uchun maksimal darajadagi xavfsiz atrof-muhit sharoitlarini yaratib berish;

· Har bir harakatda ekologik muammolarni hisobga olib, atrof-muhit, ekologik sharoitlarni yaxshilashga intilish;

· Tez sur'atlarda o'sib borayotgan tadbirkorlik muhitida, xodimlarimiz uchun rag'batlantirish va mukofotlash kabi imkoniyatlarni yaratish...
Navoiy Pa, 19 Oktyabr

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz