Aeroport direktori murojaatnomasi


O'zbekistondagi asosiy yirik logistika sanoati sohasidagi infrastruktura loyihalaridan biri sifatida, "Navoiy" xalqaro aeroporti Yevropa va Osiyo yirik iqtisodiy va sanoat markazlari o'rtasidagi "ko'prik"ka aylanishdek maqsadiga tobora yaqinlashib bormoqda.

Mingyilliklar davomida xalqaro savdo ko'prigi bo'lgan ko'hna "Buyuk Ipak Yo'li" bo'ylab, havodagi yuk tashuvi uchun mislsiz sharoitlar yaratayotgan "Navoiy" xalqaro aeroporti infrastrukturasi jahondagi ko'zga ko'ringan investorlar uchun Markaziy Osiyodagi yuksak imkoniyatlar maskani bo'lib xizmat qilishi mumkin. Aeroportimiz iqtisodiy jozibadorligi uning Yevrosiyo markazidagi geografik joylashuvida bo'libgina qolmay, balki uning zamonaviy transport vositalari va imkoniyatlari, yerdagi xizmat ko'rsatish jihozlari va raqobatbardosh ishchi kuchida ham ko'zga tashlanadi.

Navoiy "Erkin industrial-iqtisodiy hududi" loyihasining amalga oshirilish joyi aeroportga juda yaqinligi, hamda xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan temiryo'l va avtomobil yo'llarining kesishishi, yaqin yillarda, "Navoiy" xalqaro aeroporti yuk tashuvlari imkoniyatlarining ulkanligini ko'rsatadi.


Yaqinda qurilish ishlari tugatilgan yirik loyihamiz - aeroportimiz zamonaviy yuk terminali (bir yilda 100 ming tonnagacha yukni qayta ishlash quvvati) XXI asr jahon global standartlariga to'liq javob beradigan, "Navoiy" aeroporti bazasida ko'p funksiyali logistik markaz yaratilishidek strategik maqsadimizga bo'lgan ilk qadam deb hisoblaymiz.

Bundan tashqari, aeroportimizda bizning mijozlarimiz uchun eng qulay va yaxshi sharoit, hamda atrof-muhitning maksimal xavfsizligini ta'minlashga yetarlicha astoydillik ko'rsatamiz. Yo'lovchilar aeroportimiz xodimlarining yuqori darajali va professional xizmatlaridan foydalanadilar.

Вizning umumiy maqsadimiz - biznes sohasida Sizning ishonchingiz va hurmatingizni qozonish, hamda Sizga "Navoiy" xalqaro aeroporti orqali unutilmas parvoz taqdim etish.

 

 
 
Samimiyat bilan,
Kim Eui Ho
 

 

Navoiy Sh, 16 Dekabr

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz