Kirish

NVI_Vision from Top
 «Navoiy» xalqaro aeroportini Markaziy Osiyodagi yuk xizmatlarini taqdim etishga ixtisoslashgan yetakchi markazga aylantirish rejalashtirilgan. Yaqin yillarda mahalliy infrastrukturaga kiritilgan investitsiya va xodimlarning professional tayyorgarligi natijasida, hozirgi kunda, aeroport logistik kompaniya va aviakompaniyalarga yukni qayta ishlash uchun yuqori darajadagi xizmatlarni taqdim etayapti. Bugungi davrda, aeroport Markaziy Osiyodagi yuk xizmatlari taqdim etish markazlaridan eng muhimi hisoblanadi va shu bilan birga, aeroport havo yuki xizmatlari taqdim etishda eng ishonchli va qulay, hamda eng xavfsiz sharoitlarni taklif etadi. Yuk xizmatlari taqdimotchisi sifatida «Navoiy» xalqaro aeroporti quyidagi ustunliklarga ega:
 

Geografik joylashuv:

-O'rta Osiyoning markazida joylashuv;
-Yevropa va Osiyo logistik markazlariga 6 soatlik vaqt oralig’ida uchib borish imkoniyati;
-Yevropaning Osiyodagi mintaqaviy-markaziy aeroportlari bilan ideal tarzda bog’lash imkoniyati.
NVI_ Freighter Apron

MDH mamlakatlari bozori:
 
-Ko’p sonli aholiga ega bo’lgan MDH mamlakatlari;
-MDH bozorining kengayishi.
 
Infrastruktura:
 
-Korean Air va Hanjin boshqaruvi ostidagi rivojlanib borayotgan havo va yer transporti;
-Temiryo’l, avtmobil va havo yo’llarining bir joyda kesishuvi.
cargo operations
Sanoat va xom-ashyo resurslari:
 
-Barqaror o’sib borayotgan Erkin Industrial-Iqtisodiy Hududga (EIIH) yaqin joylashuv;
-Tabiiy xom-ashyo resurslarining ko’pligi (neft, gaz, oltin va boshqalar);
-Malakali va raqobatbardosh ishchi kuchining mavjudligi.
 
 

Keng imkoniyatlar:

-Perron hamda yuk ortish va tushirish xizmatlarining xalqaro andozalarga muvofiqligi;
-Korean Air aviakompaniyasi tomonidan olib borilayotgan boshqaruv va ko’mak.
 
Cargo Handling at NVI
O’zbekiston Respublikasi tomonidan ko’rsatilayotgan yordam:
 
-O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Navoiy Erkin Industrial-Iqtisodiy Hududining rivojlanishi to’g’risidagi» farmoni;
-O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan ko’rsatilayotgan to’gridan-to’g’ri ko’mak.
 

Markaziy Osiyo mintaqasida tez sur’atlarda rivojlanib borayotgan aeroportlardan biri sifatida, «Navoiy» xalqaro aeroporti 2010-yilda 16,000 tonnadan ortiq  2011-yilda 50,000 tonnaga yaqin yuk operatsiyalarini amalga oshirdi va 2012-yilda 60,000 tonnadan ortiq yukni qayta ishlash operatsiyalarini rejalashtirgan. «Navoiy» aeroporti yuk tashish xizmatlari saviyasini oshirishni davom ettirmoqda va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun yangi jahon andozalari takomillashtirilmoqda, hamda bizning o’sib borayotgan mijozlarimiz talab-ehtiyojlarining qondirilishi ustida bir qancha tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Navoiy Pa, 19 Oktyabr

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz