Yuk tashish tarmog'i

O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qo’llab quvvatlashi va dunyoda havo yuk tashuvi bo’yicha birinchi o’rinda turuvchi «Korean Air» kompaniyasi bilan yaqin hamkorlik qilish natijasida, «Navoiy» xalqaro aeroporti qisqa vaqt davomida jahon bo’ylab yuk tashuvi tarmog’ini yarata oldi. «Navoiy» xalqaro aeroporti «Korean Air» bilan hamkorlikda 2008 yil avgustda B747-400F havo kemasida birinchi yuk qatnovini qabul qilgan bo’lsa, hozirgi kunga kelib Evropa bilan Osiyoni bog’laydigan haftasiga 40 yuk qatnovi amalga oshiriladi. Hozirgi kunda «Navoiy» xalqaro aeroporti Evropa bilan Osiyoni bog’lab turuvchi asosiy tarmoqlar va logistik markazlar – Inchon, Frankfurt, Milan, Brussel', Dubay, Istanbul, Dehli va Mumbay - bilan ishlaydi. «Navoiy» xalqaro aeroporti mul'timodal logistika markaziga aylanadi va tarmoqni yanada kengaytirish maqsadida o’zining marketing faoliyatini kuchayturadi.

Geografik markazda joylashish ustuvorligi

«Navoiy» xalqaro aeroporti asosiy Yevrosiyo mamlakatlari bozorlari uchun yukni yig’ish va tarqatish bo’yicha markaz bo’lish uchun to’la imkoniyatga ega...

TRACECA, O’zbekiston-Hayraton temir yo’l loyihasi va mahalliy infrastruktura investision loyihalari «Navoiy» xalqaro aeroporti ni 5 ta asosiy tarmoq va logistika markazlari bilan bog’lashnishiga barcha sharoitlarni yaratadi.

Bizning yuk operatsiyalar tarmog’ining kengayishi

Hozirgi kunda Navoi aeroportida xizmat ko’rsatilayotgan yo’nalishlar

Yaqin kelajakda rejalashtirilayotgan

yo'nalishlar

Seul
Brussel'
Мilan
Vena
Frankfurt
Istambul
Dubay
Bombey
Dehli
Dakka
Bangkok
Bishkek



Tyan'tszin'
Shanxay
Guanchjou
Urumchi

 

Yuk xizmat ko’rsatish salohiyatining oshishi

Tarmog’imiz kengayishi natijasida bizda yuk tashish hajmi 2010-yilda 49 ming tonnani tashkil qilgan bo’lsa, 2011-yilda bu ko’rsatkich 50 ming tonnadan ortiq natijani tashkil qildi.

Yangi yuk terminalini ochilishi bilan yukni qayta ishlay olish hajmibir yilda 100 000 tonnaga yetdi.

Yuk terminalimiz Perroni bir vaqtning o’zida 5 tagacha Boeing 747F samolyotlarini sig’dira olish imkonini beradi.

«Navoiy» xalqaro aeroporti va "Korean Air" o’rtasida tajriba va nau-xau almashish o’zining cho’qqisiga yetib, «Navoiy» xalqaro aeroporti xalqaro standartlar bo’yicha zamonaviy xizmatlar korsatadigan maltimodal logistika markazi sifatida shakllanyapti. «Navoiy» xalqaro aeroporti qit’alarni bir biriga bog’lovchi eng qulay joy hisoblanadi.

Navoiy Pa, 19 Oktyabr

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz