Yuk terminali

«Navoiy» aeroporti yuk terminali o’zining ish faoliyatini 2010-yilning avgust oyida boshlagan. Jahon andozalari talablariga javob beradigan texnologiyalar xizmatidan foydalanganligimiz sababli, yuk terminali har qanday ob-havo sharoitida 1000 tonnadan ortiq yukni saqlash va qayta ishlash imkoniyatiga ega, hamda samarali tarzda eksport, import va tranzit yuklarga xizmat ko’rsata oladi. Hozirgi kunda ushbu texnologiyalar «Korean Air» va «O'zbekiston Havo Yo'llari» MAK aviakompaniyalari tomonidan foydalanilmoqda. Yuk terminali boshqa aviakompaniyalarga ham o’z xizmtlarini taqdim etishga doim tayyor.

Yuk terminali maketi
 
Navoi aeroporti Yuk Terminali
kattalashtirish uchun rasm ustiga bosing

Asosiy fakt va raqamlar
 
Terminal o’lchamlari:
 
16 800 kv.m (120m х 140m) – ayvon maydoni bilan birga
12 240 kv.m (120м х 102м) – ayvon maydonidan tashqari
 
 

Yuklarni qayta ishlash hajmi:

100 000 tonna / bir yilda (300 tonna / sutkada)
 

Ochilish sanasi: 12-avgust, 2010-yil

 
Qimmatbaho yuklar saqlanadigan kamera - 36 kv.m (12m х 3m)
Hayvonlar uchun karantin kamerasi - 72 kv.m (12m x 6m)
Оfislar - 1,512 kv.m (28m x 18m, 3 qavatli)

Yuk avtomobillari balandligini to'g'irlovchi uskunalar - 8 EA
 
Yondama balandlik to'g'irlovchi uskunalar - 2 EA
Platforma tarozilari - 3 EA (5 Тonna 2EA, 20 Тоnna 1EA )

Ishchi stantsiyalar - 6 ta

Xizmatlar va yuk jihozlari
 
Cold room
Sovutish kamerasi
 
720 kv.m (Yuk ko’tarish qobiliyati: Maksimal 200 Tonna) * Harorat: +2 ~ +8ºС
Sovutadigan kamera yuklarni sovuq holatda saqlashga mo’ljallangan. Bu kamera tez holda sovutish konstruktsiyadan tashkil topgan. Kamerada havo orqali sovutadigan tizim o’rnatilgan bo’lib, bu yerda iste’mol tovarlari (sovuq holdagi iste’mol tovarlari) Siz talab qilgan haroratda saqlanadi, ya’ni +2ºС dan +8ºС gacha.
Warm room
Muzlatish kamerasi
 
144 kv.m (Yuk ko’tarish qobiliyati: Maksimal 200 Tonna) * Harorat: -15 ~ -25ºС
Muzlatish kamerasi -15 ~ -25ºС gacha bo’lgan haroratni ta’minlay oladi, hamda 40 ~ 45 tonnagacha bo’lgan yukni saqlay oladi. Bu yerda xavfsizlik, yong’inga qarshi, muzlatish qoidalariga qattiq rioya qilinadi, hamda ushbu kamera o’zi uchun muhum bo’lgan konditsioner va boshqa jihozlar bilan ta’minlangan. Kamera butunlay avtomatik tizim asosida boshqariladi va har bir panel iste’mol mahsulotlari, yong’in xavfsizligi va issiqlik effekti jahon talablariga to’liq javob beradi. Umuman olganda, Siz kutgan va talab qilgan barcha xizmatlar chora-tadbirlari qabul qilingan.
Warm room _Cargo terminal
Issiq va iliq haroratda saqlash kamerasi
  
72 kv.m (12m х 6m) * Harorat: +22°С
Maxsus-iliq haroratni talab qiluvchi tez buziladigan yuklar (gullar, iste’mol tovarlari) iliq xonada saqlanadi va ularga ishlov beriladi.  Yuk sifati va mikroiqlim xavfsizligini kuzatish shart-sharoitlari oldindan ko’rib chiqilgan. Bizning tajribali xodimlarimiz maxsus trening kurslaridan o’tishgan va yukning but saqlanishiga to’liq javob beradi. Issiqlik xonasidagi harorat yuk saqlanish talablariga binoan +5 dan +20ºС gacha o’zgarib turishi mumkin. Sizning yukingiz butun safar davomida ham buzilmagan holda (endigina uzilgandek) saqlanishi kafolatlanadi.
Operational building
Operativ-ma’muriy binolar

504 kv.m (18m x 28m, 3 qavatli)
Boshqaruv va operatsiyalar binosi omborning operativ va ma’muriy markazi sifatida loyihalashtirilgan. Ushbu asosiy loyihadagi bino 24 soatlik ombor va perron operatsiyalarining muvofiqlashtirilishida muhim rol’ o’ynaydi. Xavfsizlik tizimi, o’t o’chirish signalizatsiyasi va videokuzatuv tizimi bino ekspluatatsiyasida.

 

 

 


Tashqi vositalar
 
Cargo terminal Admin Building
Ma’muriy bino
   
2 916 kv.m  (54m х 18m, 3 qavatli)
Ma’muriy bino 3 qavatdan tashkil topgan, maydoni 2 916 kv.m. Bino qurilishi 2009-yilning fevral’ oyida boshlangan bo’lib, 2010-yilning avgust oyida foydalanishga topshirilgan. Ushbu, arendaga beriladigan ofislar va xonalar uchun mo’ljallangan ko’p funktsiyali bino har xil tizimdagi xodimlar va organlar foydalanilishiga topshirilgan.
 

 

Cargo terminal Dangerous Goods storage

Xavfli yuklar saqlanishi
 

516 kv.m (43m х 12m)
Xavfli yuklarning saqlanish shartlari: yuklar toza havo bilan ventilyatsilanib turadi va yorug’lik darajasi ham mos keladi; tez yonuvchan moddalardan uzoq joylashgan; harorat ta’siridan uzoq, hamda to’g’ridan-to’g’ri quyosh nurlaridan saqlangan; shkaf va polkalar kimyoviy ta’sirlarga chidamli moddalardan tayyorlangan.

 

 

 

 

NVI_Cargo_Terminal_Transferring_yard

Yukning temiryo’lga uzatilish o’tari (zagon)

O’tar aeroportimiz havo yo’li + temir yo’li transporti xizmatlari uchun eng muhim nuqtani bajaradi va har qanday yukka xizmat ko’rsata oladi. Nuqtaning temiryo’l oldida joylashganligi va keng maydonga ekanligi yuksak tajriba asosida tashkillashtirilgan boshqaruvdan dalolat beradi; ushbu o’tar bir sutkada yuzlab tonna yukalni qayta ishlash imkoniyatiga ega. 
Xavfsizlik va qo’riqlash tizimi

 

Security
Mijozlarimiz osoyishtaligi maqsadida, yaqin yillarda qurilgan «Navoiy» yuk terminali yuqori darajadagi xavfsizlik tizimi bilan to’liq ta’minlangan, ya’ni videokuzatuv, harbiy qo’riqlash tizimi, rentgen skanerlari, avtomatlashtirilgan o’t o’chirish va boshqalar bilan jihozlangan. Aeroport hududiga kirish aeroportga biriktirilgan harbiy blok tomonidan qattiq nazorat qilinadi. Har bir shaxs va avtomobillar kirish joyida tekshiruvdan o’tkaziladi. Mijozlarimiz, hodimlarimiz va mijozlarimiz iqtisodiy manfaatlari xavfsizligi uchun fotosyomkalar va videosyomkalar aeroport hududida taqiqlangan.    

 

 

Navoiy Sh, 16 Dekabr

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz