Yuk xizmatlari

CARGO HANDLING
  «Navoiy» xalqaro aeroportida yerdagi va yuk tashish xizmati sohasida Dunyoning yuk tashish xizmatlari bo’yicha yetakchi bo’lgan – Korean Air kompaniyasi tomonidan o’qitilgan va malaka berilgan hodimlar faoliyat ko’rsatadi. Bizning aeroport yirik spektrli havo kemalariga, shu jumladan, B747F, B777F, A300F va IL76, hamda maxsus yuklar va gabaritli yuklarga xizmat ko’rsatadigan jihoz va buyumlar bilan to’liq jihozlangan. 2008-yildan boshlab aeroport B747-400F va A300-600F yuk havo kemalariga muvaffaqiyatli ravishda xizmat ko’rsatmoqda va shu sohadagi ishlarning o’rtacha amalga oshirilish ko’rsatkichi 98% (2011) ni tashkil etadi. Shundan kelib chiqqan holda, aeroport bir vaqtning o’zida 3 ta to’liq yuklangan B747-400F samolyotlariga, hamda har kuni 20 dan ortiq havo kemalariga xizmat ko’rsatish imkoniyatiga ega.
Bir sutkada 300 tonnadan ortiq havo-yuk tashish xizmati va 100 dan ortiq tajribali, yuqori malakali hodimlar zahirasi mavjud.
 
«Navoiy» xalqaro aeroporti innovatsiyalar, aeroport terminali hodimlarining yangi g’oya va fikrlari, hamda madaniyatimizga chuqur qadalgan innovatsiyalar tarafdoridir va shu asnoda quyidagilarni qo’llab-quvvatlaydi:
• Bizning mijozlarga - xushmuomala , epchillik va tezlik;
• Bizning menedjerlarga – javobgarlik, dadillik va  uddaburonlik hissi;
• Bizning hodimlarga – tuli xil imkoniyatlar, shaxsiy taraqqiyot va  kasbiy manfaatlar.
 
Xizmatlar
 
• Xujjatlashtirishni hisobga olgan holda, eksport-import va yukni topshirish-o’tkazish operatsiyalari;
• Maxsus yukllarni qayta ishlash, ya’ni, xavfli yuklar, kur’yerlik jo’natmalari, tez buziladigan (ayniydigan) va sovutilgan yuklar, hayvonlar, qimmatbaho yuklar va aviapochta;
• Xizmatlarning tanlovi va dekonsolidatsiyasi («quvib o’tish» tezlashtirilgan xizmat);
• Yuklarning vaqtincha saqlanishi va "ready-to-go" xizmatiga tayyorlanishi;
• Yuk avtomobillari bilan ta’minlash;
• Shoshilinch yuk xizmatlari;
• Uzoq muddat davomida turli xil xavfli yuklarni saqlay olish imkoniyati;
• Ekspress-yuklarning to’g’ridan-to’g’ri perronga chiqa oladigan yo’lalchali zali;
• Bojxona ombori;
• Mijozlarga yo’naltirlgan egiluvchan xizmatlar, nazorat qilishni tashkillashtirish, hamda mijozlarga ko’rsatiladigan qulay narxlardagi tajribali va yuqori tayyorgarlikka ega bo’lgan hodimlar xizmati.

Yuk tashuv xizmati
 
Aeroportning yerdagi operatsiyalarni amalga oshiradigan malakali hodimlari barcha turdagi yuk havo kemalariga xizmat ko’rsata olish va o’z ishini samarali va ishonchli-xavfsiz bajara olish kuchiga ega.
 
Texnik qo’nish xizmati:
• B747F - 80 daqiqa
• A300F - 60 daqiqa
 
 
Yuk samolyotlarining to’liq ta’minlanishi (yuk tashish-tushurish xizmati):
• B747F - 120 daqiqa
• A300F - 90 daqiqa
 
Yuklarni yetkazib berish xizmati
 
«Navoiy» xalqaro aeroporti yuklarni yetkazib berishda jiddiy andozalarni yo’lga qo’ygan va yuk xizmati uchun yuqori toifali agentlarni taqdim etadi.
• Yuk yetkazib berish standartlari;
• 4 soat muddat ichida ,uchib kelishga qadar, yuk xujjatlarini qabul qilish;
• 5 soat muddat ichida, uchib kelishga qadar, yuklarning qabul qilinishi.
 
 
Bizning yetkazib berish xizmatimiz sizning tasniflangan buyurtmangiz narxiga katta e’tibor qaratadi. Bizning maxsus hodimimiz Sizning yukingizni ko’rsatilgan joyning eshigigacha o’z vaqtida va qulay narxda yetkazib beradi.
Bizning hodimimiz Siz aeroport yuk terminalidan kutayotgan barcha xizmat turlarini professional va havfsiz tarzda amalga oshiradi. Agarda Sizga maxsus upakovka va yukni o’rab bog’lash (paketlashtirish) yoki qo’shimcha tez sinadigan yuklani yetkazib berish xizmati zarur bo’lsa, iltimos, bizga maxsus talabnoma sifatida qo’ng’iroq qiling va biz Sizning talablaringizni qondirishga doimo tayyormiz. Iltimos, oldindan quyidagilarga e’tibor bering: 
  1. Yetkazib berish xizmatlari grafigi
  2. Kotirovka talabnomasi
  3. Yetkazib beruvchi hodim bilan suhbat

«Navoiy» xalqaro yuk terminali hodimlar guruhi Sizga eng yuqori darajadagi va sifatli eksport operatsiyalari, hamda yetkazib berish xizmatlarini taqdim etishga bag’ishlangan.


Yukni qabul qilish xizmati
 
• Yuk tashuvchi yoki yuk agenti yuklarni faqat yuk jo’natuvchi yoki yuk ekspeditoridan qabul qilib oladi.
• «O’zbekiston Havo Yo’llari» havo kemasiga chiqariladigan yuk rentgen apparati ko’rigidan o’tishi kerak. Og’ir «Katta yuk» xavfsizlik choralari uchun ochiq bo’lib, tekshiruvdan o’tishi kerak. Agar yuk talablarga javob bermasa, bu holda yuk qabul qilinmaydi.
Asosiy yuk sifatida taqdim etilgan ochilmagan-havfli yuklar tashuvining oldini olish maqsadida, yukni qabul qilib oluvchi agent ochilmagan-havfli yuklar ro’yxatini ko’rib chiqishi kerak.
• Yuk agenti xavf tug’diradigan yuklarni subagentdan yoki yuk ekspeditoridan qabul qilganda, albatta xavfsizlik deklaratsiyasi to’ldirilishi kerak.
• Agent yuk ekspeditori yuk tashishdagi , aviakompaniyalar va mamlakatlar uchun muhim bo’lgan qonun-qoida va yuk xizmatlari standartlariga (upakovka, markirovka,markirovkalash shartlari, yukni ortib yuboruvchi va qabul qilib oluvchilar haqida to’liq ma’lumot, ma’lum davr oralig’idagi yuk tashuvlarining cheklovlari, hamda tovar va segmentlar haqida ma’lumotlar) rioya qilishlari shart. 
• Barcha yuk tashuvlari bojxona hujjatlashtirilishidan o’tishi kerak.
 
Qo’shimcha ma’lumot
 
Yuk ortish jarayonining tekshiruvi:
Tekshiruv telefon yoki faks orqali amalga oshirilishi mumkin.
Agar faks orqali tekshiruvni amalga oshirsangiz, iltimos, o’zingizning AWB sonlaringizni, yuk miqdori, uning og’irligi, kutilayotgan yuk ortish kuni va yuk ortish qatnovi raqamini tayyorlab qo’ying. Bundan tashqari, iltimos, agarda (al’ternativ) Sizda boshqa qatnov-reys bo’lsa, bizga xabar bering. Yuk ortilishi internet orqali tekshirilishi mumkin.
Qabul qilish vaqti:
• Uchib ketishga qadar, yo’lovchi samolyotiga yukning ortilish vaqti – 120 daqiqa.
Uchib ketishga qadar, yuk samolyotiga yukning ortilish vaqti – 180 daqiqa.
 
 
Tugash vaqti
 

Tugash vaqti – yukning boshqa reysga o’tkazlishi uchun uning yuk terminaliga qabul qilib olinadigan vaqti. Tugash vaqti oxirida barcha yuklar, barcha so’ralgan hujjatlari bilan birga, yuk terminaliga topshirilgan bo’lishi kerak.

Mijozlarga o’z yuklarini oldindan tez vaqtda topshirish imkoniyati taqdim etilgan. Ayrim hollarda, yukni qabul qilib olish va uni qayta ishlash jarayoni bir oz vaqtga zo’lishi mumkin.

Maxsus yuklar
 

Hodimlarning professional tayyorgarligi, zamonaviy asbob-uskunalar va yuk terminalining oily darajadagi holati sharofati bilan «Navoiy» aeroporti har xil turdagi maxsus yuk tashuvlarini (tez ayniydigan yukdan tortib kichik gabaritligacha, ta’sirchan yuk hamda tirik hayvonlar) amalga oshirish imkoniyatiga ega. 2008-yildagi eng birinchi yuk operatsiyalaridan boshlab, «Navoiy» aeroportida kichik gabaritli yuklar, gilos, qovun va tirik hayvonlarga yuk sifatida xizmat ko’rsatilib kelinmoqda va hozirda aeroport maxsus turdagi yuklar uchun o’zining yuqori darajadagi xizmatlarini taklif qilish imkoniyatiga ega.

Xavfli yuklar
Meva va sabzavotlar 
(gilos, qovun)
Gullar 
Dangerous Fruits Flowers
Mashina-dastgohlar 
 
Qimmatbaho tovarlar (oltin)
Farmatsevtika
preparatlari 
Machinery High Value Pharmaceuticals
Elektron buyumlar 
(LCD-panellari, mobil telefonlari)
Avtomobillar 
 
Tirik hayvonlar (ot, sigir)
Electronic cars cattle

Tez buziladigan (ayniydigan) yuklar

Ma’lum bir vaqt oralig’ida buziladigan yoki nomuvofiq sharoit-harorat ta’sirida, namlik hamda boshqa sabablarda ayniydigan yuklar – tez buziladigan yuklar qatoriga kiritiladi.
Tez buziladigan yuklarga sabzavot, sut mahsulotlari, yaxlatilgan go’sht, iste’mol tovarlari va gullar kabi tovarlar kiradi.
Bizning tez buziladigan yuklarni qayta ishlashdagi xizmatimiz mijozlarimizga eng e’tiborli xizmat ko’rsatish turlaridan biri sifatida taqdim etiladi.
«Navoiy» aeroporti yuk terminalida tez buziladigan mahsulotlarning har xil spektrdagilarini qayta ishlash uchun sovutish xonalari o’rnatilgan; aynimagan mahsulotdanlardan yaxlatilgan go’shtgacha, kesilgan gullardan haroratga ta’sirchan dori-darmonlargacha. Ushbu xonalardagi harorat +2°С , +8°C gacha, muzlatish xonasida esa 0°C dan -25°C gacha o’zgaradi. Ushbu qulay sistema Sizning yukingizga qulay bo’lgan haroratni to’g’irlab beradi. Sizning yukingizni talab qilingan sharoitda saqlashga biz kafolat beramiz.
Quyida, tez buziladigan tovarlarni yetkazib berishda kerak bo’ladigan bir nechta maslahatlar ko’rsatilgan:
Tez buziladigan yuklarga quyidagilar kirishi mumkin: iste’mol tovarlari, o’simliklar, inkubatsion tuxumlar, vaktsina va dori-darmonlar, hamda inson-biologik organlari.
Oldindan kelishuv talab qilinadi.
Tez buziladigan yuklar tashuvining nakladnoylari (yopishtirma varaqalari) barcha punktlarda aniq va to’g’ri bo’lishi shart. Nakladnoylarda yukni yuboruvchi va qabul qilib oluvchining telefon raqamlari, manzili, hamda to’liq firma nomi ko’rsatilishi kerak.
Yukning saqlanish shart-sharoitlarini hodimlarimizga avianaklodnoy orqali yozma holda ko’rsatib berish lozim, bunda talab qilingan harorat tovar upakovkasiada katta belgilar bilan yoki yuk avianakladnoyida yoziladi.
To’liq ma’lumotga ega bo’lish uchun «Navoiy» xalqaro aeroportining yuk terminali idorasi bilan bog’lanishingizni so’raymiz.

Qimmatbaho yuklar

Yetkazib berishning o’z vaqtida amalga oshirilishi va hujjatlashtirilishi bizning asosiy vazifalarimizga kiradi.
Yuk tashishda xavfsizlik xizmatida quyidagi elementlarni tekshirish talab qilinadi:
• Oltin, platina guruhidagi metallar;
• Tasdiqlangan banknotalar, sayohatchining qimmatli qog’ozlari, kupon va shtamplar;
• Qimmatbaho toshlar, shu jumladan, olmos, yoqutlar, zumrad toshlar, sapfir, opal va marjonlar;
• Zargarlik buyumlari, soat, kumush buyumlar, oltin, platina;
• 1000 AQSh dollari yoki undan yuqori narxga ega bo’lgan maqola va yozilmalar.
Bizning asosiy yuk xavfsizligi xizmatimiz Sizning qimmatbaho yuklaringiz uchun taqdim etiladi:
Yukning samolyotga va skladga (omborga) chiqarilishi va olib borilish xavfsizligi.
Yuk terminali ichidagi barcha yuk operatsiyalari yopiq turadagi, yozib olinadigan videokuzatuv tizimi asosida kuzatiladi.
To’liq ma’lumotga ega bo’lish uchun «Navoiy» xalqaro aeroportining yuk terminali idorasi bilan bog’lanishingizni so’raymiz.

Yuk sifatidagi tirik hayvonlar

Tirik hayvonlarning yuk sifatida havo yo’llari orqali tashuvi "IATA Live Animals Regulations" qoidalariga to’g’ri kelishi kerak. Ushbu qoidalarda hayvonlar konteynerlarining o’lchamlari, hujjatlar, hamda markirovka va boshqa maslahatlar ko’rsatilivb o’tilgan.
Barcha jo’natma va manzillar uchun Siz muhim bo’lgan hukumatga va karantinga oid tasdiqlovni olishingiz talab qilinadi.Ko’pchilik mamlakatlarda, mamlakat ichiga faqatgina karantin davridan o’tgan hayvonlar o’tkazilishi mumkin. Karantin va to’lovlar mamlakatdan-mamlakatga o’tganda o’zgarib boradi. O’z uy hayvonlaringiz transportirovkasiga taalluqli bo’lgan yanada to’liq ma’lumotni IATA saytidan olishingiz mumkin.
To’liq ma’lumotga ega bo’lish uchun «Navoiy» xalqaro aeroportining yuk terminali idorasi bilan bog’lanishingizni so’raymiz.

Xavfli yuklar

«Xavfli» yuk sifatida tasniflangan yuklarga xavfsiz va ishonchli sharoit ostida xizmat ko’rsatish – «Navoiy» xalqaro aeroporti yuk terminalining qo’shimcha xizmat turiga kiradi.
Ushbu turga mansub bo’lgab yuklar tashuvi qattiq nazoratda turadi, hamda faqatgina "IATA Dangerous Goods Regulations" talablariga javob beradigan yuklargina tashuv uchun xavfsiz deb hisoblanadi. Ushbu qoidalarda barcha yuklar upakovkalangan, hujjatlashtirilgan va belgi qo’yilgan bo’lishi shart deb ta’kidlab o’tilgan.
Quyida xavfli yuk deb tasniflangan bir nechta umumiy elementlar ko’rsatilgan. Bunday elementlar pochta yoki qo’l bagaji emas, balki yuk sifatida ko’rigdan o’tib, xizmat ko’rsatilishi kerak:
• Feyerverklar: yorituvchi raketalar, bengal uchqunlari va boshqa portlovchi buyumlar.
• Tez yonuvchan suyuq va qattiq buyumlar: yoqilg’i, buyoqlar, zajigalka to’ldiruvchi ballonlar, gugurt.
• Xo’jalik buyumlari: tozalaydigan vositalar va eritadigan suyuqliklar.
• Bosimga ega bo’lgan konteynerlar: aerozol’, butan yoqilg’isi, suv osti baklari, propan baklari, kartridjlar, uglerod oksidi va dam solinadigan sollar.
• Qurollar: o’q otadigan qurol, o’q-dorilar, porox, cho’qmor, ko’z yoshlantiradigan gaz va boshqalar.
• Boshqa turdagi xavfli materiallar: quruq muz, benzin bilan ishlaydigan asboblar, nam batareyalar, yoqilg’iga ega bo’lgan turistik anjomlar, radioaktiv moddalar, zaharli moddalar, infektsion moddalar.
 
Ushbu elementlar ro’yxati chegaralanmagan. Havo yo’llari tashuvi uchun xavfli deb tasniflangan predmetlar soni bir qancha.
Xalqaro normalarda tasdiqlangan qoidalarga tayanib, xavfli yuklarga xizmat ko’rsata oladigan yuqori malakali hodimlar guruhi yuk operatsiyalariga doimo tayyor turadi. Bunaqa yuksak darajadagi tayyorgarlik bizning yo’lovchilarimiz, yuk tashuvlarmiz, ekipaj va o’rab turgan atrof-muhitni hech bir vaqtda xavf-xatarga solmasligimizdan dalolat beradi.
Xavfli yuklar qatoriga kiritiladigan yuklar shartlari:
• Yuklarning transportirovkasi amalga oshirilishida "IATA Dangerous Goods Regulations" amal qilishingiz talab qilinadi.
• Buyumlar va tovarlaringizning havo yo’llarida tashuvi taqiqlanmaganligiga kafolat berishingiz talab qilinadi.
• Qoidalarga ko’ra, upakovka qilingan, belgilangan va hujjatlashtirilgan xavfli yuk uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olishingiz talab qilinadi.
• Siz xavfli yuklar uchun yuk jo’natuvchi deklaratsiyasini to’ldirasiz va bundan tashqari, har bir yuk partiyasi uchun avianakladnoylar ham to’liq bo’lishi kerak.
Oldindan kelishuv talab qilinadi.
To’liq ma’lumotga ega bo’lish uchun «Navoiy» xalqaro aeroportining yuk terminali idorasi bilan bog’lanishingizni so’raymiz.

Аviapochta
 
«Navoiy» xalqaro aeroporti yuk terminalida olib boriladigan aviapochta xizmatlari va uning o’z manziliga tez va ishonchli tarzda olib borilishiga biz kafolat beramiz. Biz aviapochta biznesi xizmatlarining yanada rivojlanishiga va uning modernizatsiyasiga chuqur yondashamiz va pochta xizmati bilan shug’ullanadigan tashkilotlar bilan yanada yaqinroq hamkorlik munosabatlarini o’rnatishga harakat qilamiz. Butun dunyo bo’yicha, biz pochta tashkilotlariga eng yuqori darajadagi xizmatlar va logistik yechimlarni taklif qilamiz.
To’liq ma’lumotga ega bo’lish uchun «Navoiy» xalqaro aeroportining yuk terminali idorasi bilan bog’lanishingizni so’raymiz.

Ombor / yerdagi xizmat ko’rsatish mashinalari
 

«Navoiy» aeroporti o’zining ombordagi va yerda xizmat ko’rsatadigan uskuna va mashinalar quvvati va sifatini yanada kuchaytirgan, va hozirgi kunda, soni jihatidan o’sib borayotgan reyslarga ekstremal ob-havo sharoitlari ostida ham xizmat ko’rsatib kelmoqda. Mijoz-aviakompaniyalar talablarini yanada to’liq qondirish uchun, «Navoiy» aeroporti hozirda va yaqin kelajak sari zamonaviy, yuqori texnologiyali uskuna va jihozlarni ixtisoslashtirisda davom etmoqda.

 

Uskuna va jihozlar

Xizmatdagi 

Мaksimal quvvati (sig'imi) 

 
 
Yuk operatsiyalari

 

 

 

 

Asosiy paluba yuk'ortgichi

2

B747F/20 Тonna

Quyi paluba yuk'ortgichi

3

B747F/7 Тоnna

Коnveyer mashinasi

2

 

Yuk ko'targich

9

15 Тоnna

Кran

1

  15 Тоnna 

Avtomobil-buksiri mashinasi

9

15 Тоnna

Yuk aravachasi

157

10 Ft., 20 Ft.

 
 
 
 
Perrondagi operatsiyalar

Yoqilg'i-zapravka mashinasi

8

10 000 Gall. (38 500 L)

Аvariya mashinasi 

2

400 Тоnna/24 500 daN (Quvvati)

ASU

2

270 ppm

GPU

5

180kVA

Muzlash oldini oluvchi mashina

2

Qor tozalaydigan mashina

2

 

Qorkuragich

4

 

Ikki yoqlama norvonlar 

3

B747F

Shatakchilar

3

B747F (2), A300F (1)


Bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish
 
Navoiy shahri bojxona departamenti yaqin vaqt ichida «Navoiy» aeroporti yuk terminalida o’zining filiali ochilishini rejalashtirgan, hamda aeroportni yetakchi bojxona anjomlari bilan ta’minlash ham rejaga kiritilgan. Yaqin vaqt ichida «Navoiy» aeroporti ilg’ot bojxona anjomlarini ixtisoslashuvi va oson bo’lgan hujjatlashtirish tizimini yaratish jarayonida bo’lib, ushbu tadbirlar to’g’risida yaqin kelajakda e’lon qilinadi.
Navoiy Sh, 16 Dekabr

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz