Havo kemasi texxizmati

 
Yuk perroni
 
 
Yaqin yillar ichida qurilgan yuk perroni bir vaqtning o’zida 5 ta B747F samolyotlariga xizmat ko’rsatish imkoniyatiga ega, ushbu xususiyat «Navoiy» xalqaro aeroportini Markaziy Osiyoda yukni qayta ishlash sohasida eng yetakchi aeroport ekanligini isbotlaydi. Yuk perroni yuk terminali oldida joylashgan va bu joylashuv yuk xizmatlarida vaqtdan yutishga katta yaratadi.

O'lchamlari                       420m х 180m

Sig'imi                              5 ta B747F tipidagi yuk havo kemasi

HK shvartovkasi              Mavjud

  
Yoqilg’i-moylash materiallari xizmati (GSM)
 
 
Biz jahon standartlariga to’liq javob beradigan JET-A1 tipdagi aviayoqilg’isini taqdim etamiz. Hozirgi kunda yoqilg’I rezervuarlarimiz har kunlik 7 tagacha HK sini to’liq zapravka qila olish imkoniyatidagi yoqilg’iga ega, bundan tashqari «Navoiy» xalqaro aeroporti yoqilg’i zahirasini yanada kengaytirishni (27 tagacha B747F reyslariga xizmat ko’rsatish maqsadida) loyihalashtirgan.
   
Havo kemasi texxizmati
 
 
«Navoiy» xalqaro aeroporti uchib keladigan havo kemalariga operativ-texnik xizmat ko’rsatadi. B747F ga xizmat ko’rsatadigan bizning aviamexaniklarimiz 2010-yilning iyul oyida «Korean Air» o’quv markazida treningdan o’tib kelishgan. Hozirda ular B747F rusumidagi havo kemalariga va boshqa HK larga to’liq xizmat ko’rsatish huquqiga ega bo’lgan sertifikatlarga ega.
  
Qatnovlargaga xizmat ko’rsatish
 
 
Ishlab chiqarish-dispetcherlik xizmati (PDSP)
  

Yuqori darajadagi tayyorgarlikka ega bo’lgan ishlab chiqarish-dispetcherlik xizmati tezkor, xavfsiz va professional yerdagi xizmat ko’rsatishni taqdim etadi, shu jumladan, yukning tushurilishi/yuklanishi, yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish, samolyotlarnig harakatlanishi va boshqalar. 

Havo harakatini boshqarish

 
Biz havo harakati uchun bir sutkada 24 soatlik qati’y nazorat va xizmatlarni taqdim etamiz. Ushbu xizmatlarni taqdim etishda yuqori texnologiyali navigatsion uskunalar va radioaloqa tizimi bilan jihozlangan UVD minorasidan foydalaniladi. Davlat Aviatsiya Nazorati tomonidan sertifikatlangan bizning mutaxassislarimiz tezkor qaror chiqarishda, havoda va yerda samolyotlarning xavfsiz va ishonchli harakatlanishi kabi xizmatlarni taqdim etadi (o’chib ketish, uchib kelish, uchish-qo’nish yo’lagidagi harakatlanish va boshqalar).

Parvozlarning aeronavigatsion ta’minoti

 
«O’zbekiston Havo Yo’llari» va «Korean Air» aviakompaniyalari brifing bo’limlarida malaka oshirgan va Havo Yo’llari O’quv-Trening Markazida treningni o’tagan dispetcherlarimiz mijozlarimizga qatnovlar haqida to’liq ma’lumotlarni, parvozlar aeronavigatsion ta’minoti kabi xizmatlarni taqdim etadi. Bulardan tashqari, rejalashtirilgan qatnovlarni ham SITA-kompyuterlashtirilgan tizimi asosida takomillashtirgan.

 

 

Navoiy Pa, 19 Oktyabr

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz