Kafe va restoranlar


Aeroportimizning ajoyib oshxonasida va rang-barang ichimliklaridan tatib bahra oling!

 
polyot2
"Polyot" (Parvoz) kafesi

«Polyot» kafesi yo’lovchi terminalining birinchi qavatida joylashgan bo’lib, u yerda nonushta va tushlik bilan bir qatorda, turli yaxna ovqatlar va ichimliklardan tatib ko’rishingiz va bahra olishingiz mumkin. Kafe har kuni soat 8-00 dan 17-00 gacha ochiq.
SILK ROAD PALACE SUNVALLEY
"Oltin vodiy" restorani 

«Oltin vodiy» restorani mehmonxonaning ikkinchi qavatida joylashgan bo’lib, o’zining nozik muhiti, do’stona va muloyim xodimlari, tansiq ovqatlar taomnomasi va Bosh-oshpazning o’ziga xos takliflari bilan juda mashhurdir. Taomnomada Siz Yevropa taomlari bilan bir qatorda, milliy oshxonamizga oid ovqatlarni ham topa olasiz. «Oltin vodiy» restorani bo’ylab xo’randalik sayohati to’liq amerikancha nonushta bufetidan boshlanadi, tushlik bilan davom ettirilib, «a la carte» taomnomasini o’z ichiga olgan, shamchiroqlar atrofidagi unutilmas kechki ovqatlar bilan tugaydi. Restoran har kuni ertalab soat 7 dan kechki soat 11 gacha ochiq. Stol buyurtirib qo’yish uchun o’z ishlaringizni oldindan rejalashtirib qo’yganingiz ma’qul, yoki qo’shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi telefonga qo’ng’iroq qiling:  (+998 71) 141 2000.
GREAT SILK ROAD PALACE OASIS BAR
"Oazis" bar
 
«Oazis» bar vestebyul’da joylashgan bo’lib, rasmiy va do’stona uchrashuvlar uchun juda mos joydir. Taomnomada tanlovga boy kokteyllar, turli xil ichimliklar va gazaklar mavjud. Bar tunu-kun sizning xizmatingizda.
 
Navoiy Pa, 19 Oktyabr

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz