Aeroport avtoturargohi

Avtoturargoh

«Navoiy» xalqaro aeroporti sizning talablaringizga javob beradigan, 150 tadan ortiq o’ringa ega bo’lgan yo’lovchi va yuk terminallari oldidagi jamoat avtoturargohlari xizmatlarini taklif etadi. Ikkala avtoturargoh ham terminallarga yaqin masofada bo’lib, ochiq joyda joylashgan. Ushbu avtoturargohlar tez kelib ketadigan mehmonlar bilan bir qatorda, uzoq vaqtga kelgan turistlar uchun ham xizmatlar ko’rsatadi. Bu yerda Siz avtoulovingizni parallel’, kesishgan yoki burchak holatlarida ham qo’yishingiz mumkin. Eng asosiysi, Siz uchun avtoturargoh narxlarini bilish shart emas, chunki avtoturargoh xizmatlari mutlaqo bepul. To’xtab turish uchun oldindan joy band qilib qo’yishga ehtiyoj yo’q, bemalol kirib to’xtashingiz mumkin! Avtoturargoh Siz uchun tunu-kun ochiq!
  Passenger Terminal - Parking Lot
Shart va qoidalar

• Navoiy xalqaro aeroporti avtoulovlaringizning yoki boshqa har qanday mulkni shikast yeyishi yoki o’g’irlanishida hech qanday javobgarlikni o’z bo’yniga olmaydi. 
• Barcha avtoulov egalariga o’z mashinalarini avtoturargohda to’g’ri qo’yish tavsiya etiladi.
• Ushbu avtoturartgohdan foydalangan holda Siz avtoulovning egasi yoki unga javobgar shaxs hisoblanasiz va Navoi aeroporti va uning xodimlari oldida to’xtash joyidan xavfsiz foydalanish va o’z avtoulovingizdan oqqan moy yoki boshqa suyuqliklar tufayli keltirilgan zararlar uchun javobgar hisoblanasiz.
• Avtoturargohda turgan har qanday avtoulov boshqa ulov vositalarining qulay harakatlanishini ta’minlashi shart.
 
NVI_parking lot
 
Navoiy Pa, 19 Oktyabr

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz