Mehmonxona

Mehmonxona
 
HOTEL
«Navoiy» xalqaro aeroportidan unchalik uzoqda joylashmagan to’rt yulduzli «Silk Road Hotel» mehmonxonasi 110 tagacha mehmonni qabul qila oladi. Mehmohxona xizmatlari barcha xalqaro standartlarga javob berib, Navoiy shahridan 25 km, Erkin Iqtisodiy Industrial Hududidan esa 4,5 km masofada joylashgan. 
 
SRP
«Silk Road Palace» mehmonxonasi 66 ta barcha qulayliklarga ega bo’lgan komfort xonalarga ega, shulardan 62 tasi standart va 4 tasi lyuks kategoriyasidagi xonalardir. Bundan tashqari bu yerda sport-sog’lomlashtirish markazi, cho’milish basseyni, muzokaralar markazi, majlis zallari, go’zallik saloni va valyuta almashtirish ofislari mehmonlar tasarrufida. Standart xona - bu zamonaviy, ochiq ranglar bilan bezalgan, bitta katta shohona yotoq yoki 2 ta alohida yotoqdan iborat xonadir. Bunday turdagi xonalar 2 kishigacha bo’lgan mehmonlar uchun juda mos. Lyuks xonalar esa – o’z ichiga  to’yintirilgan ranglar bilan bezalgan ikkita xonani oladi: katta shohona uxlash mebeli joylashgan yotoqxona va plazmali televizor, divan va kreslolar bilan jihozlangan shinam mehmonxona. Mehmonxonadan muzokaralar o’tkazish, xizmat uchrashuvlari va kichik majlislar o’tkazish uchun ham foydalansa bo’ladi.

Кonferens-zal

Hotel conference Hall
Mehmonxonada turli muhim voqealar va xizmat uchrashuvlarini o’tkazish uchun konferens-zal mavjuddir. Mehmonxonaning uchinchi qavatida joylashgan keng va shinam bo’lgan bu zal 100 kishini jamlay olib, turli konferensiyalar, seminar va banketlarni oliy darajada o’tkazish imkonini beradi.  Konferens-zal zamonaviy telekomyunikatsiya jihozlari, amalda barcha yangi aloqa uskunalari bo’lmish Internet, konferens-aloqa, telefoniya, sun’iy yo’ldosh telekanallari bilan texnik ta’minlangan.
conf hall yangi
 Konferens-zalni ijaraga olishda quyidagi qo’shimcha maxsus texnik uskunalar taqdim etilishi mumkin:
• Kompyuterlar;
• Noutbuklar;
• Skaner;
• Printer;
• Nusxa ko’chirish mashinasi;
• «Flip chart» taxtasi;
• Mikrofon(ovoz kuchaytirgich, kolonkalar, miksher pulti hammasi bir jamlamada);
• Sinxron tarjima uchun uskuna;
• Multimedia LCD proyektori;
• Katta ekran;
• Konferens-sistema;
• Ma’ruza plakati;
• Videomagnitafon;
• Televizor;
• Slaydlarni tomosha qilish uchun proyektor(ONR proyektor);
• Lazerli ko’rsatkich tayoqchasi;
• Telefon, faks.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mehmonxonada Marketing va Sotuv bo’limi bilan kelishilgan holda reklama va taqdimot materiallarni joylashtirish imkoniyatlari ham mavjud. Bunga qo’shimcha ravishda konferens-zalda tashkil etiladigan tadbir ishtirokchilari uchun turli kofe-breyk, furshet, tushlik va kechki ovqatlar uchun mehmonxonaning ikkinchi qavatda joylashgan shinamgina «Sun Valley» restorani tavsiya etiladi.  Konferens-zaldagi o’rinlar oldindan berilgan talablarga ko’ra joylashtiriladi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

«Uchquduq» va «Zarafshon» majlis zallari 15 kishilik sig’imga ega bo’lib, muzokaralar va xizmat uchrashuvlari o’tkazish uchun juda mos joy. Ushbu zallar mehmonxonaning ikkinchi va uchinchi qavatlarida joylashgan.


Fitnes markazi (sport zali)
 
HOTEL_GYM
Mehmonxonaning barcha mehmonlari uchun mehmonxona lobbisi darajasida joylashgan fitnes markazidan foydalanish bepul.
Mashg’ulot zali yugurish yo’lakchalari, velotrenajyor, gantel va boshqa sport anjomlari bilan jihozlangan.
Hotel gym
Malakali fitnes instruktorlari Sizning hayot tarzingizga mos keladigan individual mashqlar to’plamini tanlashga yordam beradilar.

Sauna
 
Sauna

Mehmonlar qulayligi va farovonligi prinsipiga amal qilgan holda «Great Silk Road Palace» mehmonxonasi o'z mehmonlariga o’zlarini erkin his qilishlari, ruhiy toliqishdan dam olish uchun va quvvatni tiklash uchun ajoyib saunasini taklif etadi. Sauna dushanbadan jumagacha ertalab soat 9 dan kechqurun 9 gacha ochiq.


Massaj
 
Massage
Massaj xonasi malakali massajchilar tomonidan amalga oshiriladigan klassik, bo’shashtiruvchi, aroma va tibbiy massaj turlarini taklif etadi. Massaj Sizga charchoq va zo’riqishni yengishda va tanangizni chiniqtirshga yordam beradi.  Xona seshanbadan yakshanbagacha soat 14:00 dan 18:00 gacha ochiq.

Suzish basseyni
 
Airport Hotel swimming pool

Mehmonxona asosiy binosidan alohida joylashgan va unga ajoyib qo’shimcha qulayliklar kasb etadigan cho’milish basseyniga ega bo’lib, u yerda ichki isitish sistemasi mavjuddir. Bu yer tinchlanish uchun, mashg’ulotlar va turli kechalar o’tkazish uchun mos joydir.



Go'zallik saloni
 
Barbery
Mehmonxonada, shuningdek, sartaroshxona mavjud bo’lib, u yerdagi malakali ustlalar soch qisqartirishdan boshlab didingizga mos soch turmagigacha bo’lgan xizmatlarni taklif etishadi. Salon seshanbadan shanbagacha soat 9:00 dan 18:00 gacha ochiq.

Bilyardxona
 

Bilyardxona Siz va do’stlaringiz uchun turli uchrashuvlar o’tkazish uchun ajoyib xonadir.

 
 

 
Manzil:

O’zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Karmana tumani, Malik-Rabot qo’rg’oni
.
 
Теl: + (998 79) 780 2505
 

Elektron pochta: info@silkroadpalace.uz

http://www.silkroadpalace.uz/

Navoiy Pa, 19 Oktyabr

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz