Navoiy – yangi mingyillik bo’sag’asidagi yangi imkoniyatlar
Navoiy – jahon andozalariga mos aeroport xizmatlari va yangi biznes istiqbollari
Yuk Terminali sig’imi: kuniga 300 tonna yukni qayta ishlash imkoniyati
Yuk Terminali ombori: 120m x 140m (16 800 m.kv)
Navoiy – rivojlanayotgan Markaziy Osiyo bozorlariga yo’l...
Navoiy – rivojlanayotgan Markaziy Osiyo bozorlariga yo’l
Markaziy Osiyodagi eng yirik yuk perroni...
Navoiy –logistika markazi uchun yangi nom

Markaziy Osiyo yuragida logistika markazining paydo bo‘lishi

 
Dunyo va Markaziy Osiyo uchrashadigan joy - bu yangi "Buyuk Ipak Yo‘li" boshlanadigan maskandir!
 
CA«Navoiy» aeroporti  Markaziy Osiyo yuragida  joylashgan yangi logistika markazidir. U O‘zbekistonning va Markaziy Osiyo mamlakatlarining markazida, hamda Frankfurt, Milan, Dubay, Hindiston, Shanxay va Inchyondagi  dunyoning yirik  aviatsiya tarmoqlaridan 6 soatlik parvozdan kam bo‘lmagan masofada joylashgan, hozirda u yanada  raqobatbardosh  Yevropa va Osiyoni bog‘lab turuvchi hududiy logistika markaziga aylanib bormoqda.
 
«Navoiy» aeroporti 1962-yilda Sobiq Sovet Ittifoqi davrida ochilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 1992-yil 28-yanvardagi Farmoyishiga asosan, Milliy aviakompaniya tuzilganligi sababli uning bir qismiga  aylangan. 2007-yilda «Navoiy» aeroporti  aerodrom loyihalarini yaxshilash, hamda  kuch-qudratini mustahkamlashni, uchish-qo‘nish yo‘laklari hamda boshqaruv yo‘laklarni to‘liq qayta ta’mirlashni amalga oshira boshladi, zamonaviy yoritish tizimlari o‘rnatildi, hamda havo va boshqa  ob’yektlarni  boshqaruvchi  yangi minora qurildi.

 

2009-yilda dunyoda yuk tashish bo‘yicha asosiy yetakchilardan biri - "Korean Air", o‘z bo‘yniga 10 yillik rivojlantirish rejasi bilan aeroport boshqaruvini oldi, hamda  kelajakdagi zamonaviylashtirish  dasturini  tezlashtirdi. Yangi qurilmalar bilan  jihozlangan,  yiliga 100 ming tonnagacha yukni  qayta  ishlovchi  Markaziy  Osiyodagi yirik yuk terminali qurilishi  yaqinda tugatildi va 2010-yilning 12-avgustida ishga tushurildi. Yuk kemasi maydoni (perron) 5 ta B747-400F samolyotlarini joylashtirish uchun  qurilgan, shuningdek  1400 ming aviatsiya yoqilg‘i gallonlarini yetkaza oladigan, hamda 25 ta dan ortiq B747-400F samolyotlarni to‘ldirish qobiliyatiga ega bo'lgan 4 ta qo‘shimcha yoqilg‘i baklari qurilishi tugatildi. VIP-miniature

Shuningdek, perron hamda yuk tashish jarayonlarida anchagina o‘zgarishlar mavjud. Barcha zamonaviy qurilmalar va transport vositalari, yuqori paluba yuk ortivchi o‘zyurar mashinalar,  shoxali yuk ortuvchi mashinalar, shatakchi kemalar mashinalari, hamda yuk aravachalari "Korean Air" tizimli sistemasining tayyorgarlik, hamda  davomiyligi natijasidir. Perron hamda yukni qayta ishlash malakalari "Inchyon" aeroportida "Korean Air Cargo" darajasida zamonaviylashtirilgan. Hozirda aeroport har kuni 15 tagacha Boeing 747-400F to‘la yuk bilan ta’minlangan  yuk  yo‘nalishlaridagi samolyotlarga xizmat ko'rsatishi mumkin, hamda aeroport hozirda yuk va yer usti jarayonlari uchun  Markaziy Osiyo markazidagi ikkinchi logistika markazi hisoblanadi.

Jadal rivojlanish sababli, «Navoiy» aeroporti bunday qisqa vaqt ichida global yuk tarmog‘ini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. 2008-yilda "Korean Air" birinchi yuk parvozini Navoiy shahridan amalga  oshirdi, hamda parvozlar takrorlanishi (chastotasi) oshganligi hisobiga, hozirda  bir haftada  14 ta B747-400F qatnovlari Inchyon, Bryussel, Vena va Milan shaharlariga amalga oshmoqda. «O‘zbekiston Havo Yo‘llari» MAKi Navoiy markaziga asoslangan yuk operatsiyalarini 2009-yilning may oyidan boshladi va  hozirda  haftasiga 18 ta Bangkok, Nyu-Deli, Mumbay, Dakka hamda Frankfurt shaharlariga bo‘lgan qatnovlarga xizmat ko‘rsatadi. «Navoiy» aeroporti hozirda  8 ta mamlakatning 9 ta shaharlariga qatnovlarni amalga oshiradigan 3 ta aviakompaniyaga xizmat ko‘rsatadi, bularga yo‘lovchi qatnovlari ham kiradi va ish yuzasidan aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha  yangi yo‘nalishlarni yaratish  uchun  yangi aviakompaniyalar bilan  ish olib borilmoqda.
 
«Navoiy» aeroporti raqobatbardosh logistika markaziga aylanmoqda, hamda kelajakdagi ehtiyojlarni qondirish uchun keyingi imkoniyatlarni  yaratish uchun bosqichma-bosqich amalga  oshira boshlaydi. Kelajakda havo kemasini texnik ta’minlash maqsadida, angar va qo‘shimcha yuk terminallari quriladi, shuningdek  yuk bilan ishlash vositalari va aviatsiya yoqilg‘isini  joylashtirish kengaytiriladi. Bu shuningdek, yangi aviakompaniyalar, mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun ishchi kuchi, hamda qo‘shimcha yuk guruhlarini ochilishiga va juda tez vaqt ichida Navoiyga qaratilgan qatnovlarni kengaytirishga  olib keladi.

FIEZ«Navoiy» aeroporti rivojlanishi  hukumat tomonidan tengi yo‘q ko‘mak ko‘rsatilayotgan Navoiy Erkin Industrial-Iqtisodiy Hududi qatorida, davlat  infratuzilmasidagi loyiha hisoblanadi. EIIH bilan hamkorlikda ish olib borib, aeroport mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga, o‘z xalqi farovonligining mustahkamlanishiga, hamda hattoki, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo infratuzilmasining kelajakda mustahkamlanishiga  imkon  yaratadi. U faqat   Markaziy Osiyodagi makroiqtisodiy transport muhiti doirasida asosiy rolni  egallabgina qolmay, balki boyliklar yaratishda bevosita ishtirok etuvchi,  yashash sharoitlarini rivojlantirish jarayonida ham, uning hududiy iqtisodiyotida ham asosiy ahamiyat kasb etadi. Yanada muhimi shundaki, «Navoiy» xalqaro aeroportida Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi xalqaro savdoni kengaytirish, butun dunyo mamlakatlari farovonligi uchun xizmat qiluvchi "Buyuk Ipak Yo‘li"ni qayta tiklash rejalashtirilmoqda. Lekin, avvalgisiga qaraganda, «Yangi Buyuk Ipak Yo‘li» yer, temiryo‘l transporti hamda havo yo'llari orqali  o‘tadi.

ХXI asr bo‘sag‘asida «Navoiy» aeroporti logistika markazi Markaziy Osiyo  orqali  global tadbirkorlikning yangi yo‘lini aniqlaydi. Logistika markazi global standartlariga xush kelibsiz...

invitation

«Navoiy» xalqaro aeroporti tez rivojlanayotgan vakil sifatida, biz avaikompaniyalarni bizning asosiy mijozlarimiz sifatida ko'ramiz va hisoblaymiz. Jumladan, biz Yevrosiyo qit’asining ixtiyoriy qismida qatnovlarni boshqaradigan, barcha qiziqqan aviakompaniyalar bilan strategik hamkorlik yaratishga umid qilmoqdamiz.

· Yevrosiyo qit'asi boy'lab uzoq masofalarga uchishni ta’minlovchi aviakompaniyalar uchun aeroportimizning noyob geografik joylashuvining ishlatilish imkoniyatlari mavjud (masalan, T/L - texnik qo'nish). Bunda aeroport G‘arbiy Yevropaning yirik ishlab chiqarish markazlari bilan Sharqiy Osiyoning katta ishlab chiqarish markazlari o‘rtasidagi qisqa ko‘prik vazifasida faoliyat ko‘rsata oladi;

· Raqobatbardosh narx bo‘yicha aviatsiya yoqilg‘isiga oson erishish huquqi aviakompaniyalar uchun investitsion vazifalar «Navoiy» aeroportining jozibadorligini ta’kidlaydi;

· Erkin industrial-iqtisodiy hududning yaratilishi, uning «Navoiy» aeroporti yaqinida joylashishini, hamda O‘zbekiston Respublikasi ishlab chiqarish yuqori texnologiyalari vohasi bo‘lishiga da’vat etadi, bu esa Markaziy Osiyoning rivojlanib borayotgan bozorlari orqali ustunlikni qo‘lga oladigan ko‘pgina hududiy aviakompaniyalar uchun aeroportning parvozlarining yanada rivojlanish istiqbollari uchun imkoniyat bo‘la oladi;

· Aeroport infratuzilmasini rivojlantirish uchun hukumat tomonidan katta ko‘mak berilishi ko‘pgina aviakompaniyalar uchun ish yuzasidan imkoniyatlar mohiyatini aks ettiradi;

Albatta, biz shuningdek, yo‘lovchi transport biznesi doirasida xalqaro aviakompaniyalar bilan ham hamkorlik o‘rnatishga harakat qilmoqdamiz.

O‘zbekistonning katta turistik salohiyati hamda «Navoiy» aeroportining asosiy turistik shaharlariga – Buxoro va Samarqandga yaqin joylashganligi, yaqin yillar ichida yo‘lovchi parvozlarini rivojlantirish uchun eng yaxshi platforma bo‘lishi mumkin.

Bizning saytimiz deyarli aeroportimiz yoki bizning faoliyatimiz haqidagi barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etadi, jumladan, aviakompaniya uchun parvozlarni amalga oshirish shartlari va ularning miqdorlari haqidagi ma’lumotlar ham taqdim etilgan (yig‘imlar, chiqimlar).

Biz xalqaro aviakompaniyalarga har doim qabul qilish uchun va xizmat qilish uchun tayyor barcha xizmatlar maxsus va juda qulay narxlarda taqdim etamiz, hamda aviakompaniyalar o‘zlari uchun «Navoiy» aeroportidagi tadbirkorligi uchun muhim deb hisoblagan muddatlar, shartlar yoki chiqimlar haqida muhokamaga kirishishga hamisha tayyormiz.

Biz bilan hamkorlikka intiluvchi har bir aviakompaniya bilan bo‘lgan o‘zaro manfaatli, hamda ish yuzasidagi strategik aloqalarni o‘rnatishga umid qilamiz.

--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------


Barcha Aviakompaniyalar vakillari xohlagan savol hamda qo‘shimcha ma’lumotlar uchun «Navoiy» aeroportining rejalashtirish va marketing bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin:

Ingliz va koreys tillarida: 
Тel.: +998 94 227 8002
Elektron pochta: kyungwlee@koreanair.com

O'zbek, rus va ingliz tillarida: Tel.: +998 94 227 8123, (8436) 770 3188
Elektron pochta: 7703188@gmail.com

 

Navoi international Airport

Pochta manzili:

"Navoiy" xalqaro aeroporti
Malik-Rabot qo'rg'oni, Кarmana tumani, Navoiy viloyati, O'zbekiston Respublikasi
Тel: (+99879) 539 3893, (+99879) 539 3540
Elektron pochta: info.nvi@uzairways.com

Savollar bo'yicha bizning bo'limlarimiz bilan quyidagi telefon raqamlari yoki elektron pochtaga murojaat qiling:
NIA_RECEPTION OFFICE
Qabulxona
(+998 79) 539 3540

(Umumiy savollar / talablar)
Elektron pochta: chan.nvi@uzairways.com
NIA_PLANNING
Rejalashtirish va marketing bo'limi
(+998 79) 539 3878

(Tijorat, ishga oid takliflar va boshqalar)
Elektron pochta: peo.nvi@uzairways.com
cargo staff
Yuk tushurish-ortish xizmati
(+998 79) 539 3875

(Yuk operatsiyalari)
Elektron pochta: sogp.nvi@uzairways.com

PH

Yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish
(+998 79) 539 3862

(Yo'lovchilar savol va murojaatlari)
Elektron pochta:sopp.nvi@uzairways.com
NVI_HRC
Kadrlar bo'limi
(+998 79) 539 3432

(Ish qidiruvi yuzasidan savollar)
Elektron pochta:orp.nvi@uzairways.com
NIA_A-CMAINTANCE
Тexnik xizmat ko'rsatish
(+998 79) 539 3860

(Теxxizmat va yerdagi operatsiyalar)
Elektron pochta: tsoto.nvi@uzairways.com
pdspt
Markaziy koordinatsiya guruhi (ПДСП)
(+998 79) 539 3523

(Aeroportdan foydalanishga doir savollar)
Elektron pochta:nvi-pdsp@uzairways.com
security
Xavfsizlik
56 (ichki telefon)

(Umumiy xavfsizlikka doir savollar)
Elektron pochta:
voxr.nvi@uzairways.com
Mijoz-aviakompaniyalar
Korean Air2
"Korean Air" yuk tashuvi ofisi
(+998 79) 780 3811

(Korean Air yuki operatsiyalariga doir savollar)
Elektron pochta: nvism@koreanair.com
Navoiy Pa, 25 Avgust

Reysni qidirish

Топ рейтинг www.uz